Hilla masjidi () – Saudiya Arabistonining ar-Riyod shahri, al-Oud tumani, Souq al-Hilla bozorida joylashgan tarixiy masjid. Bino XIX asrda imom Turkiy bin Abdulloh davrida qurilgan boʻlib, keyinchalik XX asrda qirol Abdulaziz ibn Abdurahmon as-Saud tomonidan restavratsiya qilingan. 1960-yillarda esa zamonaviy texnikalar yordamida qayta qurilgan. Masjid sunniylikning hanbaliy mazhabiga eʼtiqod qiluvchi olimlarning ilm markazlaridan biri hisoblanadi.

Umumiy maʼlumot Masjid XIX asrda Ikkinchi Saudiya davlatida imom Turkiy bin Abdulloh davrida qurilgan. XX asr boshlarida qirol Abdulaziz ibn Abdurahmon as-Saud tomonidan qayta tiklangan va Abdurahmon ibn Abdulatif al ash-Shayx (1871–1947) masjid imomi etib tayinlagan. Imom Abdurahmon 1931-yilga qadar shu lavozimda xizmat qilgan. Bino Saudiya Arabistonining ar-Riyod shahri, al-Oud tumanida joylashgan va shaharning eng qadimgi masjidlaridan biri hisoblanadi. Bino, shuningdek, Sunniy hanbaliy ulamolarining ilm olish markazlaridan biridir. 1960-yillarda Saudiya hukumati tomonidan Hilla masjidi zamonaviy texnikalar yordamida qayta qurilgan.

Manbalar

Turkum:Saudiya Arabistonidagi sunniy masjidlar Turkum:Saudiya Arabistonidagi 19-asrda qurilgan masjidlar Turkum:Ar-Riyoddagi masjidlar