Ubaydulla Qurbonovich Mingboyev (28-yanvar 1935-yil, Denov tumani, Surxondaryo viloyati) – oʻzbekistonlik huquqshunos va davlat arbobi.
Biografiyasi 1952-yildan 1956-yilgacha jamoa xoʻjaligida hisobchi boʻlib ishlagan.
1962-yilda harbiy xizmatni oʻtagan. 1966-yilda Toshkent universiteti yuridik fakultetini bitirgan.
1966-yildan 1968-yilgacha Toshkent shahri Shayxontohur tumani ichki ishlar boʻlimida tergovchi boʻlgan. 1968-yilda Surxondaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasida katta tergovchi, 1969-yilda Ichki ishlar vazirligining tergov boshqarmasiga katta tergovchi etib tayinlandi.
1971-yilda Surxondaryo viloyat sudining sudyasi, 1972-yilda esa viloyat sudi raisining oʻrinbosari boʻldi. 1975-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi etib saylandi. 1978-yildan 1987-yilgacha Buxoro viloyat sudining raisi vazifasida ishladi.
1987-yilda Ubaydulla Mingboyev Oliy sudga sudya boʻldi. 1990-yil mart oyida Toshkent shahar sudining raisi, 1991-yil 12-iyunda Oliy sud raisi etib saylandi.
2001-yilda isteʼfoga chiqqan va 2017-yilgacha Oʻzbekiston sud tizimining faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash jamoatchilik markazining raisi boʻlgan.
2017-yilda Oʻzbekiston sudyalar uyushmasi aʼzosi etib saylangan.
Mukofotlari 2018-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan.
2025-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Yana qarang Muxtor Sultonov Gʻafur Rahimov Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomov Boʻritosh Mustafoyev Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston huquqshunoslari