Ayollar futboli – koʻproq ayollar futboli yoki ayollar sokkeri sifatida tanilgan, ayollar oʻynaydigan assotsiatsiya futbolining jamoaviy sport turidir. Bu oʻyin koʻplab mamlakatlardagi ayollar oʻrtasida professional darajada oʻynaladi va xalqaro miqyosda 187 terma jamoa ishtirok etadi. Oʻyin qonunlari deb nomlanuvchi bir xil qoidalar ayollar va erkaklar futbolida qoʻllaniladi.
Ayollar oʻrtasidagi ushbu oʻyin ancha vaqtdan beri mavjud boʻlsa-da, 1970-yillarga qadar asosan xayriya oʻyinlari va jismoniy mashqlar bilan bogʻliq edi. Shu yillargacha futbol faqat erkaklar sporti deb hisoblangan. Ayollar futboli rivojlana boshlashi bilan milliy va xalqaro darajadagi yirik musobaqalar paydo boʻlgan. Baʼzi mamlakatlarda ayollar futboli ayollar uchun eng nufuzli jamoaviy oʻyinlardan biriga aylandi. Bu sport turi shuningdek, professional ligalarga ega boʻlgan kam sonli ayollar sport turlaridan biridir.
Ayollar futbolining tan olinishi uchun kurash oson kechmagan. Bu sport turi oʻzining ilk yuksalishini 1920-yillarda Buyuk Britaniyada boshdan kechirgan. Oʻsha paytda baʼzi oʻyinlarga 50 000 dan ortiq tomoshabin tashrif buyurardi. Biroq, 1921-yil 5-dekabrda Angliya futbol assotsiatsiyasi unga aʼzo boʻlgan klublar foydalanaydigan barcha maydonlarda ayollar futbolini taqiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Bu taqiq faqatgina 1971-yil iyul oyida bekor qilingan.
1970-yillarda ayollar futboli boʻyicha xalqaro turnirlar juda mashhur edi va eng qadimgi qitʼa chempionati, hozirda ham oʻtkazilayotgan AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi tashkil etilgan. Biroq, 1986-yilgacha (Ellen Wille) FIFA Kongressida ayol kishi nutq soʻzlamagan. Ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati birinchi marta 1991-yilda Xitoyda boʻlib oʻtgan va shundan beri koʻplab mamlakatlarda yirik televizion tadbirga aylangan.
Yana qarang
Ayollar futboli geografiyasi Ayollar futboli boʻyicha xalqaro musobaqalar Ayollar futbol klublari roʻyxati Ayollar futbolida futbolchilar roʻyxati Ayollar sporti Title IX Sheʼs the Man Alex & Me Mustangs FC Gracie (film) Beckhamdan qolishma Mujskaya jenskaya igra (film)
Esltamalar
Adabiyotlar
Manbalar
Havolalar
FIFA: Womenʼs Football Womenʼs Football History Womenʼs Soccer United: Home of Worldwide Womenʼs Football femaleSOCCER.net: Womenʼs football community portal
Turkum:Ayollar futboli