Shayx Mansur Ibn Yunus Al-Buhutiy (taxminan 1592—1641-yil iyul), al-Buhutiy nomi bilan mashhur, misrlik islom ilohiyotchisi va huquqshunosi. U islomning hanbaliy mazhabi vakili boʻlgan va (Xatimat-al-Muhaqiqiy)ning soʻngi muharriri va sharhlovchisi hisoblanadi. Uning huquqiy asarlari chuqur oʻrganilgan va ixchamdir. Shuningdek uning asarlari Saudiya Arabistoni, Suriya, Qatar, Quvayt va Misrdagi hanbaliy doiralarida hanuzgacha oʻrganiladi va yuksak martabaga egadir. Eng koʻzga koʻringan asarlaridan ar-Ravd Al Murbiy Sharh Zad Al Mustaqniy boʻlib, ushbu asar hanbaliy fiqhini oʻrganayotgan oʻrta darajadagi talabalarga moʻljallangan.
Shuningdek, u "Sharh al Muntaho", "Kashhaf al-Qina" kabi yuqori darajadagi fiqh asarlariga sharhlar, shuningdek, boshlangʻich daraja uchun "Umdat at-Tolib" nomli qisqartirilgan matnni yozgan.
1591-yilda Misrning Buhut shahrida tugʻilgan va 1641-yilning iyulida 51 yoshida Qohirada vafot etgan.
Manbalar
Turkum:1591-yilda tugʻilganlar Turkum:1641-yilda vafot etganlar Turkum:Hanbaliylar Turkum:Misr sunniy musulmonlari Turkum:1000-yilda tugʻilganlar Turkum:1051-yilda vafot etganlar