Vadih () sakkizinchi asrda Abbosiylar xalifaligida faoliyat koʻrsatgan bir yoki bir nechta shaxslarning ismi.

Shaxslar O‘rta asrlar islom yozuvchilari asarlarida Vadihning ilk Abbosiylar xalifaligi davrida faoliyat yuritganiga ko‘plab maʼlumotlar mavjud. Ko‘pchilik hollarda u mavla (ozod qilingan qul yoki homiylik ostidagi shaxs) sifatida ta’riflanadi. Biroq, manbalarda bir shaxs yoki bir nechta shaxslar nazarda tutilganini aniqlash mushkul. Tarixchi Elton L. Daniel bu davrda „kamida ikkita, ehtimol uchta (yoki undan ko‘proq)“ Vadih ismli shaxslar mavjud bo‘lganini taxmin qilib, ba’zi hollarda ularning qaysi biri ekanligini aniq aytish mumkin emasligini ta’kidlagan; . See also , where all such Wadihs are treated as a single person..

Ikkinchi Abbosiy xalifa al-Mansur hukmronligi davrida () Vadih ismli mavla 762-yilda Bag‘dodning bir mahallasini qurish ishlariga mas’ul etib tayinlangan. Keyinchalik „mavla amir al-mo‘minin“ unvoniga sazovor bo‘lgan Vadih Bag‘dodning bir qismiga noib etib tayinlanib, u hamda farzandlari yangi shaharda mulklarga egalik qilishgan.

Al-Ya’qubiyning ma’lumotiga ko‘ra, xalifa al-Mansur o‘z mavlasi Vadihni Sanariyya qo‘zg‘olonidan keyin Armaniston va Ozarbayjonni boshqarish uchun yuborgan. Vadih al-Mansur hukmronligi davomida shu hududlarda qolgan. Al-Ya’qubiy, shuningdek, Vadih al-Mansurning mulozimlaridan biri ekanligi va bu mulozimlar xalifaning xizmatchilari orasidan tanlab olinganini ta’kidlagan. Shuningdek, at-Tabariy ham Abu Ja’farning (al-Mansur) mavlasi bo‘lgan Vadihni tilga olib, uni xalifa haqidagi bir nechta rivoyatlar manbai sifatida keltiradi.

779-yilda xalifa al-Mahdiy () Vadihni Misr noibi etib tayinlabAl-Tabari describes this Wadih as a mawla of al-Mahdi, while al-Kindi calls him a mawla of Abi Ja'far. ; ., unga namoz va xavfsizlik hamda soliq (xiroj) masalalari bo‘yicha vakolatlar bergan; .. Ibn Taghribirdi Vadihni „Vadih ibn Abdulloh al-Mansuriy“ deb atab, uni Solih ibn al-Mansurning xodimi hamda mavlosi deya ta’riflaydi. Yozuvchi yana Vadih al-Mansurga yaqin bo‘lgani va misrliklar uning zolim boshqaruvidan shikoyat qilganidan so‘ng noiblik lavozimidan ozod etilganini qayd etadi. Vadih bir necha oydan soʻng ishdan olinib, oʻrniga Mansur ibn Yazid ibn Mansur al-Himyari tayinlangan.; ; .. Al-Ya’qubiyning aytishicha, Vadih Misr noibi bo‘lib, al-Mahdiyga Makka Katta masjidini ta’mirlash vaqtida pul va resurslarni yetkazib berish vazifasini bajargan. Biroq, bu voqea 776/7-yilda sodir bo‘lgan edi.

-yilda, Solih ibn al-Mansurning mavlasi Vadih Misrda pochta xizmati (barid) boshqaruvchisi lavozimida xizmat qilayotgan vaqtda Faxx jangidan so‘ng hukumat ta’qibidan qochib yurgan aliy Idris ibn Abdulloh ushbu viloyatga kirib kelgan. At-Tabariy „shialarning razil tarafdori“ (rafidi xabis) deya ta’riflagan Vadih Idrisga qochishida ko‘maklashib, unga pochta otlaridan foydalanish imkonini bergan. Natijada Idris g‘arbga, Mag‘rib tomon yo‘l olib, u yerda keyinchalik mustaqil davlatga asos solgan. Natijada, Vadih al-Hodiy ( yoki Horun ar-Rashid () buyrugʻi bilan qatl etilib, xochga mixlangan; ..

At-Tabariyning tarix kitobida Vadih ismli shaxs al-Mahdiyning vafoti to‘g‘risidagi ma’lumotning asosiy manbasidir. Ushbu Vodih mavla sifatida emas, balki al-Mahdiyning uy xodimi (qahramon) sifatida eslab oʻtilgan. Manbalardagi maʼlumotlar bahsli boʻlsa-da, Al-Yaqubiyning oʻzi ham al-Mansurning mavlasi bo‘lgan Vadihning avlodi, ehtimol nabirasi edi. Muarrix Vadih haqidagi ayrim ma’lumotlarning yagona manbai hisoblanadi. Ibn ad-Dayaning ta’kidlashicha, al-Yaʼqubiy Vodihni rivoyatlarni aytuvchi sifatida ko‘p bor tilga olgan; .

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Misrning 8-asrdagi Abbosiy noiblari Turkum:8-asr Abbosiylar xalifaligining Misrdagi hokimlari