Ujda katta masjidi () Marokashning Ujda shahridagi tarixiy jome masjididir. Masjidga 1296-yilda mariniylar sultoni Abu Yaʼqub Yusuf asos solgan.
Arxitekturasi Masjid asrlar davomida koʻp marta qayta qurilgan va oʻzgartirilganligi sababli qavat rejasida biroz notekislashgan. Masjidning mehrob va uning yonidagi naqshinkor ravoqlar uning dastlabki qurilishidamavjud boʻlgan deb hisoblaniladi. Hozirgi hovli (sahn) va masjidning shimoli-sharqiy qismining koʻp qismi esa keyinroq qurilgan. Masjid Marokashdagi boshqa masjidlarning bir xil gipostil shaklida oddiy qurilgan. Masjidning gʻarbiy tomonida balandligi 24 metr, peshtoqlari naqshinkor qilib ishlangan meʼmoriy minora qad rostlagan. Minora masjidga asos solinganidan bir necha oʻn yil oʻtgach, 1317-yilda qurilgan yoki oʻsha vaqtdagina qurib bitkazilgan boʻlishi mumkin.
Yana qarang
Marokashdagi masjidlar roʻyxati Manbalar
Turkum:Marokashdagi masjidlar Turkum:Mariniylar arxitekturasi