Vikiombor (viki va ombor soʻzlarining birikmasi) () — erkin litsenziyali tasvir, tovush va boshqa multimedia fayllarni oʻzida jamlagan onlayn ombor. Vikipediya singari Vikiombor ham Vikimedia Jamgʻarmasining loyihasi boʻlib, koʻngillilar tomonidan tuziladi.

Vikiomborga yuklangan fayllardan Vikimedia Jamgʻarmasining barcha tildagi loyihasida, jumladan, Vikipediya, Vikikitob, Vikigid, Vikiturlar, Vikimanba va Vikiyangiliklarda foydalanish mumkin. Bundan tashqari, Vikiombor fayllarini oflayn foydalanish uchun yuklab olish mumkin. Vikiomborda 29 milliondan oshiq mediafayl mavjud. 2013-yilning iyul oyida saytda qilingan tahrirlar soni 100 milliondan oshdi.

thumb|left|200px|Vikiomborga fayl yuklash darsligi

Manbalar

Havolalar

Rasmiy sayti „OzodWiki sizni ishga — omborchilikka taklif qiladi“, Ozodlik radiosi, 17.11.2015

* Turkum:Koʻp tilli saytlar Turkum:MediaWiki vebsaytlari Turkum:Onlayn omborlar Turkum:Surat arxivlari Turkum:Vikimedia loyihalari