Musa ibn Musʼab al-Xasamiy () (785-yilda vafot etgan) Abbosiylar xalifaligida turli viloyatlar noibi lavozimlarida xizmat qilgan amaldor. Turli yillarda Jazira, Mosul va Misr noibi vazifalarida ishlagan.

Faoliyati Xas’am qabilasining mavlasi sifatida ta’riflangan Musa Abbosiylar inqilobi davrida Abbosiylardan yengilgan so‘nggi Umaviy xalifa Marvon IIning kotibi bo‘lgan Mus’ab ibn Rabi’ning o‘g‘li edi; .. Musa hukmron Abbosiylar xonadoni bilan yaqin aloqalarda bo‘lgan ko‘rsatadi. Maʼlumotlarga koʻra, uchinchi xalifa al-Mahdiyning Humaymadagi emikdoshi bo‘lgan ekan; ; ..

Xalifa al-Mansur hukmronligi davrida () Musa bir necha bor Jazira va Mosul viloyatlariga noib etib tayinlangan; ; ; (where he is confused for Musa ibn Ka'b).. Musa mazkur hududlarda qattiq soliq siyosatini joriy etdi. Bu siyosat keng ko‘lamli tartibsizliklarni keltirib chiqargani sababli faoliyati Tell-Mahrelik soxta Dionisiy yilnomasida uzoq qoralangan; . , provides an analysis of this account.. Shunday bo‘lsa-da, Al-Mahdiy Musani 783—784-yillarda yana eski lavozimga qaytardi. Shu davrda xalifaning Mosuldagi jome masjidini kengaytirish rejalarini amalga oshirdi; ..

784-yilda Muso Misr noibi etib tayinlandi. Unga harbiy va soliq masalalari ustidan nazorat qilish hamda Yuqori Misrda davom etayotgan Dihya ibn Mus’ab boshchiligidagi qo‘zg‘olonni bostirish vazifalari topshirildi. Musa lavozimga kirishganidan so‘ng qisqa vaqt ichida aholi katta qismining g‘azabini qo‘zg‘adi. Bunga sabab, joriy etgan katta soliqlari, jumladan faddan solig‘ini ikki baravarga oshirish, bozorlar va yuk hayvonlariga soliq solish kabilar edi. Pora olishda ayblanishi obro‘sining yanada tushib ketishiga sabab bo‘ldi. Bunga javoban, Havf tumanidagi Qays va Yaman arablari noibga qarshi birlashib, qarshilik urushi e’lon qilishdi. Shu bilan birga, g‘azablangan Fustat jundi a’zolari o‘z navbatida Havfiylar bilan oʻzaro kurashmaslik haqida maxfiy bitim tuzishdi. 785-yil bahorida Muso o‘z qo‘shinlarini havfiylarga qarshi safarbar etdi. Biroq, sodir boʻlgan to‘qnashuvda mag‘lubiyatga uchragach, askarlari uni tark etdi va isyonchilar tomonidan o‘ldirildi; ; ; ; ; ..

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:785-yilda vafot etganlar Turkum:Misrning 8-asrdagi Abbosiy noiblari Turkum:8-asr arablari Turkum:Mosulning Abbosiy noiblari Turkum:8-asr Abbosiylar xalifaligining Misrdagi hokimlari