Quyida Sudanning 18 ta viloyati roʻyxati keltirilgan (arabcha nomi qavs ichida keltirilgan). 2011-yil 9-iyulgacha Sudan Respublikasi 25 ta viloyatga boʻlingan. Oʻnta janubiy viloyat hozirda Janubiy Sudan nomi ostidagi mustaqil davlatning bir qismi sanaladi. 2012-yil Dafur mintaqasida ikkita qoʻshimcha viloyat, 2013-yil Kurdufonda bitta viloyat tashkil etildi va viloyatlar soni 18 taga yetdi.

Sudan Respublikasi viloyatlari

Sudan Respublikasi maʼmuriy jihatdan quyidagi 18 ta viloyatga boʻlinadi:

+ Sudan viloyatlari Xaritagiraqami Joylashuvi Gerbi Viloyat nomiISO 3166-2kodi Markazi Hududi km2(kv mi) Aholisi(2018)OʻzbekchaArabcha 1Xartum()KHXartum7,993,900 2Shimoliy Kurdufon()KNAl-Abyad3,174,029 3Shimoliy()NODunqulo936,255 4Kassala()KAKassala2,519,071 5Koʻk Nil()NBAd-Damozin1,108,391 6Shimoliy Dorfur()DNal-Foshir2,304,950 7Janubiy Dorfur()DSNyala5,353,025 8Janubiy Kurdufon()KSKoduqli2,107,623 9Jazira()GZVad Madaniy5,096,920 10Oq Nil()NWRabak2,493,880 11Nil daryosi()NRAd-Domar1,511,442 12Qizil dengiz()RSPort-sudan1,482,053 13al-Qadorif()GDal-Qadorif2,208,385 14Sannor()SISinga1,918,692 15Gʻarbiy Dorfur()DWAl-Junayna1,775,945 16Markaziy Dorfur()DCZallinjay2,499,000 17Sharqiy Dorfur()DEAd-Dayn1,587,200 18Gʻarbiy Kurdufon()GKAl-Fula1,945,450 (2014)

10 viloyat (1956–2011)

Bayrogʻi Viloyat Markazi Aholisi Hududi Zichligi Mintaqasi Shimoliy Baxr-al-G'azal Aweil 820,834 30,543.30 26.87 Bahr al-Gʻizol Gʻarbiy Bahr al-Gʻizol Wau 358,692 91,075.95 3.94 Bahr al-Gʻizol Koʻllar Rumbek 782,504 43,595.08 17.95 Bahr al-Gʻizol Varab Kuajok 1,044,217 45,567.24 22.92 Bahr al-Gʻizol Gʻarbiy Ekvatoriya Yambio 658,863 79,342.66 8.30 Ekvatoriya Markaziy Ekvatoriya Juba 1,193,130 43,033.00 27.73 Ekvatoriya Sharqiy Ekvatoriya Torit 962,719 73,472.01 13.10 Ekvatoriya Jongli Bor 1,443,500 122,580.83 11.78 Katta Yuqori Nil Gʻarbiy Yuqori Nil Bentiu 645,465 37,836.39 17.06 Katta Yuqori Nil Yuqori Nil Malakal 1,013,629 77,283.42 13.12 Katta Yuqori Nil Janubiy Sudan Juba 8,923,553 644,329.37 13.85

Maxsus maʼmuriy hududlar Janubiy Sudan va Sudan Respublikasi chegarasida joylashgan Abyei hududi hozirda maxsus maʼmuriy maqomga ega va Abyei hududi maʼmuriyati tomonidan boshqariladi. Hudud 2011-yil Janubiy Sudan yoki Sudan Respublikasining bir qismi boʻlish boʻyicha referendum oʻtkazishi kerak edi.

Mintaqaviy organlari Viloyatlardan tashqari, markaziy hukumat va isyonchi guruhlar oʻrtasida tinchlik bitimlari asosida tashkil etilgan mintaqaviy maʼmuriyat organlari ham mavjud:

Darfur tinchlik bitimi bilan Darfur mintaqasidagi viloyatlarni muvofiqlashtiruvchi organ sifatida Darfur mintaqaviy hukumati tuzilgan. Sudan hukumati va isyonkor Sharqiy front oʻrtasida imzolangan Sharqiy Sudan tinchlik bitimi bilan Sharqiy Sudan viloyatlari muvofiqlashtirish kengashi tashkil etilgan boʻlib, kengash Qizil dengiz, Kassala va Al-Qadorif viloyatlarini boshqaradi.

Tarixi

Anglo-Misr Sudani sakkiz mudiriyat yoki provinsiyaga boʻlingan, dastlab bu provinsiyalar aniq boʻlmagan, ammo Ikkinchi jahon urushidan keyin chegaralari aniqlashtirilgan. Sakkiz provinsiya quyidagilar: Koʻk Nil, Dorfur, Ekvatoriya, Kassala, Xartum, Kurdufon, Shimoliy va Yuqori Nil. 1948-yil Bahr al-Gʻizol Ekvatoriya provinsiyasidan ajratiladi.

1973-yil 1-iyulda bir qator yangi viloyatlar tashkil etildi. Dorfurdan Shimoliy va Janubiy Dorfur ajralib chiqqan, Kurdufon Shimoliy va Janubiy Kurdufonga boʻlingan. Jazira va Oq Nil Koʻk Nildan ajralib chiqqan. Nil daryosi viloyati Shimoliy viloyatning bir qismida tashkil etilgan. Qizil dengiz viloyati esa Kassaladan ajralib chiqqan.

1976-yilda viloyatlarning yana boʻlinishi roʻy berdi. Koʻllar viloyati Bahr al-Gʻizoldan, Jongli esa Yuqori Nildan ajralib chiqqan. Ekvatoriya Sharqiy va Gʻarbiy Ekvatoriyaga boʻlingan. Natijada oʻn sakkizta viloyat hosil boʻlgan. 1991-yil hukumat maʼmuriy mintaqalarni toʻqqizta federal shtat shaklida qayta tashkil qildi va bu shtatlar 1948—1973-yillarda mavjud boʻlgan mudiriyatlarni takrorlagan. 1994-yil 14-fevralda hukumat yana qayta tashkil qilish ishlarini amalga oshirdi va yigirma oltita viloyat tashkil qilindi. Aksar viloyatlar eski provinsiyalar yoki provinsiyalarning maʼmuriy tuzilmalari boʻlgan. 2005-yil Janubiy Sudandagi yangi hokimyat tuzilmasi Bahr al-Jabalni Markaziy Ekvatoriya deb qayta nomladi. 2006-yil Gʻarbiy Kurdufon boʻlindi, Shimoliy Kurdufon va Janubiy Kurdufonga birlashtirildi.

2012-yil yanvarda Dorfur mintaqasida yangi viloyatlar – Markaziy Dorfur va Sharqiy Dorfur tashkil qilindi va viloyatlar umumiy soni 17 taga yetkazildi. 2013-yil iyulda Gʻarbiy Kurdufon qayta tashkil qilindi.

2019-yilgi Sudan harbiy toʻntarishidan keyin viloyatlarda hokimyatlar va mahalliy kengashlar mavjudligi toʻxtatildi.

Janubiy Sudanni tashkil qiluvchi viloyatlar 2011-yil 9-iyulda oʻnta janubiy viloyat mustaqil Janubiy Sudan davlatiga aylandi. Bu viloyatlar keyinchalik 86 ta tumanga boʻlindi.

Manbalar

Havolalar States of Sudan. 2008 Census Results , Central Bureau of Statistics

Turkum:Sudan geografiyasiga oid roʻyxatlar