thumb|Vizantiya Konstantinopol xaritasi. Ese Kapi Mescidi shaharning janubi-gʻarbiy qismida, Konstantin devorlari va Mesening janubiy tarmogʻi oʻrtasidagi burchakda joylashgan. Ese Kapi masjidi (), shuningdek, Iso Kapi masjidi deb ataladi, Turkiyaning Istanbul shahridagi Usmoniylar masjidi. Bino dastlab Vizantiya sharqiy pravoslav cherkovi boʻlganMüller-Wiener (1977), p. 118..
Joylashuvi Masjid Istanbulning Fotih tumanidagi Davutpaşa mahallasida, Vizantiya imperiyasiga tegishli boshqa bir bino Sancaktar Hayrettin masjididan taxminan 500 metr sharq-shimoli-sharqda joylashgan. Hozirda Cerrahpaşa universiteti kasalxonasi majmuasi ichida joylashgan.
Tarixi
Vizantiya davri Ushbu Vizantiya binosining qachon va kim tomonidan qurilganligi maʼlum emas. Bino Konstantinopolning yettinchi tepaligi janubiy yonbagʻridagi Dalmatou mahallasida, Marmar dengiziga qaragan holda joylashgan. Cherkov XIII asr oxiri va XIV asr boshlarida Paleologlar davrida qurilgan deb taxmin qilinadiMüller-Wiener (1977), p. 118..
Usmoniylar va zamonaviy davr right|thumb|250x250px|Masjidning 1877-yilda A. G. Paspatesning Vizantiya topografik tadqiqotlaridan olingan chizmasi 1453-yilda Konstantinopol Usmoniylar qoʻliga oʻtgach, 1509-yilda bino zilzila natijasida vayron boʻlganMüller-Wiener (1977), p. 118.. 1551–1560-yillarda vazir Hadim Ibrohim posho (vafoti: 1562–1563) cherkovni kichik masjidga aylantirgan. Shu bilan birga saroy meʼmori Xoʻja Sinonga mavjud majmuani kengaytirishni buyurgan. Sinon qadimgi cherkovga ulab, madrasa va darsxona (boshlangʻich maktab) qurganNecipoĝlu (2005), p.392Eyice (1955), p.90. XVII asr davomida majmua bir necha marta zilzilalar natijasida vayron boʻlgan va 1648-yilda qayta tiklanganMüller-Wiener (1977), p. 119.. 1741-yilda Ahmad ogʻa majmua hududida kichik favvora qurilishiga homiylik qilgan. 1894-yilda Istanbulda sodir boʻlgan zilzila binoni vayron qilgan, faqat ikkita devor zilzilaga bardosh bergan, shundan keyin bino tashlab qoʻyilgan. Vayronalar hozirda Istanbul universitetining tibbiyot fakulteti joylashgan Cerrahpaşa kasalxonasi bogʻida joylashgan. Soʻnggi yillarda bino oʻrganilgan va asl shakliga koʻra rekonstruksiya qilingan. Hozirgi kunda masjid yana qayta oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.
Meʼmorchiligi Masjid toʻrtburchak rejaga ega, tomonlarining uzunligi boʻyiga 17,0 m, eniga 6,80 mMüller-Wiener (1977), p. 119.Mamboury (1953) p.302.
Hovlining ikki tomonini madrasa egallagan boʻlib, madrasada talabalar uchun oʻn bitta xona ajratilganMüller-Wiener (1977), p. 118.Eyice (1955), p.90. Hovliga kirish qismi kichik sevil bilan bezatilgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Istanbuldagi masjidlar