Adi Shamir () (1952-yil 6-iyunda tugʻilgan) – isroillik kriptograf, ixtirochi va matematik. Matematika va kriptografiya sohalariga qoʻshgan salmoqli hissasi bilan tanilgan. Shamir Ron Rivest hamda Len Adleman bilan bir qatorda RSA algoritmini yaratgan. Shuningdek, Uriel Feige va Amos Fiat bilan bir qatorda Feige–Fiat–Shamir protokoli ixtirochisi hisoblanadi. Olim differensial kriptoanaliz asoschilaridan biridir.

Shamir bir necha mukofot bilan taqdirlangan, AQSH Milliy fanlar akademiyasi (2005) hamda London qirollik jamiyati (2018) aʼzosi. 2024-yil Wolf matematika mukofotini olgan.

Manbalar