Oyatulloh Yusubiddin Rastgariy Joʻyboriy (forscha: يعسوب الدين رستگار جويباري) (1940-yilda tugʻilgan) – Eronlik oʻn ikki shi’a marjasiBiography in Persian.

Joʻyboriy Eronning Qum shahridagi seminariyalarda Oyatulloh Muhammad Kozim Shariatmadoriy, Muhammad Rizo Gʻolpaygʻoniy va Mirzo Hoshim Amoliy qoʻl ostida tahsil olganزندگینامه حضرت آیت الله العظمی یعسوب الدین رستگار جویباری.

Yusubiddin Rastgariy Joʻyboriy bir necha bor Eronning amaldagi hukumatiga, xususan, Oliy Rahbar Xomanaiyga qarshi muxolifati uchun hibsga olingan. Xomanaiyning oliy rahbar darajasiga koʻtarilishiga Joʻyboriy eʼtiroz bildirgan.

Faoliyati

Hukumat siyosatini tanqid qilganlikda ayblangan Oyatulloh Yasubiddin Rastgariy bir necha bor hibsga olingan va ozod etilgan. 1996-yil fevral oyining oxirida hibsga olinganida 1996-yil iyuligacha asosan Tehrondagi Tavhid va Evin qamoqxonalarida yashirin hibsda saqlangan. 1996-yil avgust oyida Joʻyboriy marhum Oyatulloh Shariatmadoriy uchun motam marosimini oʻtkazgani uchun uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Joʻyboriy advokatdan foydalanish imkoniga ega boʻlmagan, noaniq ayblovlar bilan ayblanib, qisqacha sud jarayonidan soʻng maxsus ish yuritish sudi tomonidan unga hukm oʻqilgan.

Oyatulloh Rastgariy 1996-yilning dekabrida qamoqdan ozod qilingan, biroq shundan soʻng Qumda uy qamogʻiga olinganShi’a religious leaders as victims of human rights violations, From Amnesty International. AI INDEX: MDE 13/24/97. 3 JUNE, 1997. Rastgariy 2004-yil 27-aprelda yana hibsga olingan va maxsus ruhoniylik sudi tomonidan sunniy-shia munosabatlariga oid tanqidiy kitobi „Diniy birlik haqiqati“ orqali „islomni haqorat qilish“ va „ajrashishga sabab boʻlish“ uchun toʻrt yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Xabarlarga koʻra, u hibsda qiynoqqa solingan va oilasi bilan aloqasi boʻlmagan holda saqlanmoqda. Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1940-yilda tugʻilganlar