Odilxon eshon (Odilxon Salomov Andijon shahri 1926-yil, 2009-yil Andijon shahri) – Andijon xalqi orasida Odilxon hojidada nomi bilan mashhur Naqshbandiya tariqati murshidi.
Biografiyasi Odilxon eshonning bobosi Andijon shahrida mashhur Rustam qozi (1831-1913-yil) ismlik shaxs boʻlgan. Otasi Abdusalom Maxdum (1881-1937) 46 yoshida qatagʻon qurboni boʻlgan. Odilxon eshon otasi vafot etganida 11 yoshda boʻlgan. Dastlabki bilimni Andijonlik Aminjon maxdum, Muhammad Mubin qorilardan oʻrgangan. 1973-1975 yillarda Tojikistonlik Abdurashid qozi domladan diniy bilimlarni oʻrgangan. Keyin Namanganlik Soʻfixon toʻra, Toshkentlik Abdullaxon qori, Tojikistonlik Muhammad Sharif Hisoriylardan Naqshbandiya tariqati taʼlimini olgan Faoliyati Odilxon eshon 1988-yildan Andijon viloyati tumanlarida masjidlar qurulishlariga bosh qosh boʻladi. 1990-yil Baliqchi tumanidagi Goʻravon mahallasidagi masjidni qayta taʼmirlashga bosh qosh boʻladi. 1990-yil Poytugʻ tumani, 1991-yil Izboskan tumanidagi masjidlarni taʼmirlashga oʻz xissasini qoʻshgan. 1991-yil Andijon shahrida Abdusalom maxdum nomlik madrasa ochgan. Ushbu madrasa 1992-1998 yillarda faoliyat olib borgan.
Manbalar
Turkum:1926-yilda tugʻilganlar Turkum:2009-yilda vafot etganlar