Aslahaddin masjidi () – Turkiyaning Bola shahri, Akpinar mahallasida joylashgan masjid. Hazrat Aslahaddin nomi bilan mashhur boʻlgan Sayyid ibn Abu Bakr sharafiga nomlangan boʻlib, masjid ichida uning türbesi (maqbarasi) joylashgan. Qabrdagi yozuvga koʻra, Sayyid ibn Abu Bakr Xurosondan 18 000 nafar askar bilan Onadoʻliga kelgan va musulmonlar tomonidan Bolu qal’asi qamal qilinganida, istehkomning ikkinchi qismida halok boʻlgan. Tuman hokimiyati tomonidan ushbu voqea milodiy 934-yilda sodir boʻlgan deb koʻrsatilgan boʻlib, voqea Malazgirt jangidan 137 yil oldin sodir boʻlgan. Tarixiy hujjatlar shuni koʻrsatadiki, Onadoʻlini islomlashtirish va turklashtirish harakati avvalroq boshlangan boʻlib, ushbu harakatlar Ahmad Yassaviy tashabbusi bilan amalga oshirilgan. 1071-yilda Malazgirt jangidan oldin Onadoʻliga kelgan AlperenlardanIslomni yoyish uchun kelgan jangchilar. edi. Sayyid Aslahaddin va uning safdoshlari ana shunday yurishlardan birini tashkil qilgan. Masjidda bir necha marta restavratsiya ishlari amalga oshririlgan. Maqbara 1967-yilda qayta qurilgan.

Izohlar

Manbalar

Turkum:Turkiyadagi masjidlar Turkum:934-yilda vafot etganlar