Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar boʻyicha Oliy Komissarligi boshqarmasi (BMT QBOKB) () – qochqinlarga yordam koʻrsatish bilan shugʻullanadigan BMT tizimidagi tashkilot.

1949-yilda BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida (319 (IV) -sonli „Qochoqlar va apatridlar“ maxsus rezolyutsiyasi) 1951-yil 1-yanvardan Qochqinlar boʻyicha Oliy Komissarligi boshqarmasini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. 1950-yil 14-dekabrda boʻlib oʻtgan Bosh Assambleyaning navbatdagi sessiyasida BMT QBOKBning nizomi (428 (V) -sonli maxsus rezolyutsiya) tasdiqlangan. Ushbu sanani baʼzan boshqarmaning tashkil topgan sanasi deb ham hisoblashadi.

Bosh qarorgohi – Jenevada, dunyoning koʻplab poytaxtlari va mojarolar kechayotgan nuqtalarida vakolatxonalari mavjud. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar boʻyicha Oliy komissari boshqarmaga rahbarlik qiladi. 2016-yil 1-yanvardan boshlab bu lavozimni UNRWAning sobiq Bosh komissari Filippo Grandi egalladi. Manbalar

Turkum:Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan tashkilotlar Turkum:1950-yilda tuzilgan tashkilotlar Turkum:Urushdan keyin Turkum:Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jenevada joylashgan tashkilotlari Turkum:Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Guruhi