Naimjon Yoqubzoda (1890-yil; Buxoro amirligi — 1937-yil; Toshkent) — davlat va siyosat arbobi. Jadidchilik harakatining faol aʼzosi. Qatagʻon qurbonlaridan biri. Hayoti Naimjon Yoqubzoda 1890-yil Buxoro amirligi poytaxti Buxoro shahrida Mahmud Yoqub Muxlis xonadonida tugʻilgan. Akasi — Hoshim Shoyiq. Eski maktabdan soʻng madrasada taʼlim olgan.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasida Buxoro Kompartiyasi Markaziy Komitetida kotib, Tashqi ishlar nozirining muovini boʻlib ishlagan. Maʼlum muddat siyosiy faoliyatini toʻxtatgach, 1937-yil boshidan Oʻzbekiston SSR Sovxozlar xalq komissarligida masʼul lavozimda ish yuritgan.
1937-yil oktyabrda Toshkent shahrida otib tashlangan. Manbalar
Turkum:1890-yilda tugʻilganlar Turkum:Buxoro amirligida tugʻilganlar Turkum:Buxoro amirligi davlat arboblari Turkum:1937-yilda vafot etganlar Turkum:Qatagʻon qurbonlari Turkum:Jadidlar