Al-Abbos ibn Amr al-Gʻanaviy (; 917-yilda vafot etgan) arab harbiy qoʻmondoni va Abbosiylar sulolasining viloyat noibi. Al-Abbos 900-yilda qarmatlar bilan boʻlgan jangda magʻlubiyatga uchrab, asir tushgani bilan mashhur.
Hayoti Al-Abbos, ehtimol, al-Jaziraning Diyor Mudar tumanida tugʻilgan. Abbosiylar xizmatida harbiy faoliyatini boshlagan al-Abbos birinchi marta 899-yilda Iroqdagi itoatsiz arab qabilalariga qarshi yuborilgan harbiy yurishga mas’ul zobitlardan biri boʻlgani qayd etilganCanard, p. 11; al-Tabari, pp. 78–9. Keyingi yili xalifa al-Mutazid al-Bahrayn va al-Yamama viloyatlariga noib etib tayinlabCanard, p. 11; al-Tabari, p. 83. Neither area was effectively controlled by the Abbasid government by the time of his appointment; al-Bahrain was in the process of being overrun by the Qarmatians, and the Banu 'l-Ukhaidhir had been independently ruling in al-Yamamah since the 860s, Abu Said al-Jannabiy boshchiligidagi qarmatiylarni bu hududlardan quvib chiqarish vazifasini yuklagan. Qarmatiylar allaqachon al-Bahraynning koʻp qismini, jumladan al-Qatifni ham egallab olgani sababli al-Abbos viloyatga joʻnash oldidan al-Basrada doimiy askarlar, badaviy jangchilar va koʻngillilardan iborat qoʻshin tuzgan.
Joʻnab ketganidan koʻp oʻtmay, al-Abbos va qoʻshini qarmatlar bilan toʻqnashib, jangga kirgan. Jangning birinchi kuni tayinli natijasiz tugaydi. Biroq, oʻsha kun kechqurun badaviylar va koʻngillilar yurishni toʻxtatib, Basraga qaytib ketishadi. Ertasi kuni ertalab ikki qoʻshin yana jang boshlaydi. Al-Abbosning soni kamayib qolgan qoʻshini magʻlubiyatga uchrab, yetti yuz nafar askari bilan taslim boʻlishga majbur boʻladi. Jangdan keyingi kuni Abu Said asirga olingan barcha askarlarni qatl etishni buyuradi. Faqat al-Abbos omon qoldirilib, keyinchalik ozod etiladi. Unga qarmatlarga qarshi chiqish befoydaligini al-Mutazidga yetkazish vazifasi topshiriladi. Iroqqa qaytib borgan al-Abbosni xalifa al-Mutazid say-harakatlari uchun munosib taqdirlaydiCanard, p. 11; Daftary, p. 119; al-Tabari, pp. 86–8; al-Mas’udi, pp. 193–4.
Muvafaqqiyatsiz yurishdan soʻng, al-Abbos harbiy xizmatda qolavergan. 902-yilda Fors viloyati qoʻshinining bosh qoʻmondoni Badr al-Mutazidiy qoʻl ostida xizmat qilgan. Badr yangi xalifa al-Muktafiyning iltifotidan mahrum boʻlgach, al-Abbos xalifaning generalga itoat qilmay, Bagʻdodga qaytish toʻgʻrisidagi farmoniga boʻysungan bir nechta qoʻmondonlardan biri boʻlganCanard, p. 11; al-Tabari, pp. 105–6. 908—909-yillarda Qum va Koshon shaharlariga noib etib tayinlanganCanard, p. 11. Shuningdek, 914—915-yillarda Munis al-Xodim boshchiligida Misrni Fotimiylardan himoya qilish uchun uyushtirilgan harbiy yurishda ishtirok etgan boʻlishi ehtimoldan xoli emasBecker, p. 11, believed that the al-'Abbas b. 'Amr who participated in the Egyptian campaign was a different person; this assertion was explicitly rejected by Canard, p. 11. Soʻnggi mansabi Diyor Mudar tumani noibligi boʻlib, 917-yilda oʻsha joyda vafot etgan. Al-Abbos vafotidan keyin Vosif ibn al-Buktamiriy voliy boʻlganAl-Tabari, p. 139 n. 682; Miskawaihi, p. 60.
Manbalar
Adabiyotlar Becker, C. H. „al-ʿAbbās (b. ʿAmr al-Ghanawī).“ First Encyclopaedia of Islam: 1913–1936, Volume I. 1927. Leiden: E. J. Brill, 1993.
Al-Mas’udi, Ali ibn al-Husain. Les Prairies D’Or, Tome Huitieme. Trans. C. Barbier de Meynard. Paris: Imprimerie Nationale, 1874. Miskawaihi. The Eclipse of the Abbasid Caliphate: the Concluding Portion of the Experiences of the Nations, Vol. I. Trans. & ed. H. F. Amedroz and D. S. Margoliouth. London, 1921.
Turkum:917-yilda vafot etganlar Turkum:Abbosiylar xalifaligi generallari Turkum:Abbosiylar xalifaligi noiblari Turkum:Bahrayndagi qarmatlar davlati Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:9-asr arablari Turkum:10-asr arablari Turkum:Urush asirlari