Abu Nasr Muhammad ibn as-Sariy () (822-yil yanvarda vafot etgan) 820-yildan vafotiga qadar Abbosiylar xalifaligining Misrdagi noibi lavozimida ishlagan. Faoliyati Abu Nasr 816-yilda hamda 817—820-yilda Misr noibi boʻlgan as-Sariy ibn al-Hakamning oʻgʻli. Otasi 820-yil noyabr oyida vafot etgach, mazkur lavozimni egallagan. Abu Nasr noibligi davrida Misr al-Amin va al-Ma’mun oʻrtasidagi fuqarolar urushi tufayli paydo boʻlgan hokimiyat boʻshligʻidan foydalanib, boshqaruvni egallagan turli guruhlar oʻrtasida boʻlingan holda qoldi. Abu Nasrning hokimiyati asosan viloyatning janubiy qismi bilan cheklangan edi. Quyi Misrning katta qismi esa as-Sariyning sobiq raqibi Abdulaziz ibn al-Vazir al-Jaraviyning oʻgʻli Ali ibn Abdulaziz al-Jaraviy qoʻlida edi.
Abu Nasr tayinlanganidan soʻng, Abu Nasr va al-Jaraviy mamlakat ustidan hukmronlik qilish uchun otalari davridagi raqobatni davom ettirishdi. Shatnuf va Damanhurda boʻlib oʻtgan ikki jang kamida yetti ming kishi halok boʻlishi hamda Abu Nasrning ukasi Ahmad boshchiligidagi qoʻshinning yoʻqotishlari bilan tugagan. Al-Jaraviyning odamlari keyinchalik poytaxt Fustatga bostirib kirib, shaharni yoqib yuborish bilan tahdid qilishdi, ammo shahar aholisidan murojaat kelib tushgach, al-Jaraviy sulh tuzishga koʻndirildi.
Abu Nasr Misrda oʻn toʻrt oylik noiblik qilgandan soʻng, 822-yilda vafot etgach, oʻrniga ukase Ubaydulloh ibn as-Sariy tayinlandi.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:822-yilda vafot etganlar Turkum:Misrning 9-asrdagi Abbosiy noiblari Turkum:9-asr arablari