Murod ( — tilak, istak, maqsad) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Taniqli shaxslar
Tarixiy shaxslar
Murod I — Usmonli beyligining uchinchi hukmdori va Usmonli imperiyasining birinchi sultoni; Murod II — Usmonli imperiyasining oltinchi sultoni; Murod III — Usmoniylar imperiyasining 12-sultoni; Murod IV — Usmonli imperiyasining 17-sultoni (1623-1640); Murod V — Usmonli imperiyasining 33-sultoni; Murodxon — Qoʻqon xoni (1845), oʻzbeklarning Ming sulolasiga mansub; Murod II — Qoʻqon xoni (1862),oʻzbeklarning Ming sulolasiga mansub;
Davlat va jamoat arboblari
Murod Asqarov — oʻzbek davlat arbobi, diplomat; Murod Joʻraboyev — sovet oʻzbek davlat va partiya arbobi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi (1953—1956); Murod Kamolov — Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston davlat arbobi; Murodjon Azimov — oʻzbek huquqshunosi va davlat arbobi;
Diniy arboblar, ulamolar
Murod al-Buxoriy — so‘fiy bo‘lgan, tafsir, hadis, fiqh va boshqa aqliy va naqliy ilmlar rivojiga hissa qo‘shgan olim;
Fan arboblari, olimlar, yozuvchilar
Murod Chovush — yozuvchi, „O‘zbekiston adabiyoti va san‘ati“ va „Yozuvchi“ gazetalari hamda „Mushtum“ jurnalida ishlab kelgan jurnalist; Murod Muhammad Doʻst — oʻzbek yozuvchisi va jamoat arbobi; Murod Muhammedov — oʻzbekistonlik iqtisodchi olim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Murod Salomov — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq maorifi xodimi, tarix fanlari doktori, professor; Murod Sharifxoʻjayev — iqtisodchi olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1995), iqtisod fanlari doktori (1976), professor (1978), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1992); Murod Xidir — taniqli oʻzbek adibi; Murodbek Hamroyev — adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori (1964), professor (1975); Murodboy Nizanov — taniqli satirik, prozaik va shoir, dramaturg va kinossenarist; Murodilla Xolqoʻziyev — anatom. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1959), tibbiyot fanlari doktori (1944), professor (1949);
Sanʼatkorlar
Murod Rajabov — oʻzbekistonlik kino va teatr aktyori, rejissyor; Murod Qoʻldoshev — aktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1970); Murodjon Ahmedov — aktyor va xonanda (dramatik bariton). Oʻzbekiston xalq artisti (1967);
Sportchilar
Murod Xontoʻrаyev — oʻzbek aralash jang sanʼati kurashchisi, 2013-yildan buyon professional musobaqalarda qatnashgan, Oʻzbekiston aralash jang sanʼati federatsiyasi vitse-prezidenti; Murodjon Axmadaliyev — oʻzbekistonlik professional bokschi; Murodjon Yoʻldoshev — oʻzbekistonlik dzyudochi;
Futbolchilar Murod Aliyev — sovet va oʻzbek futbolchisi; Murod Ermatov — oʻzbekistonlik futbolchi; Murod Hamroyev — turkman futbolchisi; Murod Ismoilov — oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi; Murod Kavelashvili — gruziyalik futbolchi; Murod Mambetov — oʻzbekistonlik futbolchi; Murod Otajonov — Qozogʻistonda tavallud topgan SSSR va oʻzbek sobiq futbolchisi; Murod Qamchiyev — oʻzbekistonlik futbolchi; Murod Rajabov — oʻzbekistonlik futbolchi; Murod Xolmuhammedov — oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi; Murod Zuxurov — oʻzbekistonlik futbolchi; Murodbek Bobojonov — oʻzbekistonlik futbolchi; Murodbek Rahmatov — oʻzbekistonlik futbolchi; Murodjon Komilov — oʻzbekistonlik futbolchi; Murodjon Shamsiddinov — oʻzbekistonlik futbolchi; Murodjon Toshmatov — oʻzbekistonlik futbolchi; Murodjon Toʻychiboyev — oʻzbekistonlik futbolchi; Murodxoʻja Jabborov — oʻzbekistonlik futbolchi.
Boshqalar Murod Nazarov — oʻzbekistonlik tadbirkor; Murod Ozdoyev — sovet uchuvchisi, kichik leytenant, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, 4-Qizil bayroq ordeni uchuvchisi; Murodulla Saidov — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi tashkilotchisi. Oʻzbekiston Qahramoni (2002), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi (1999).
Familiyalar Murodov Murodova
Manbalar
Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari