Jamrin (; transliteratsiyasi: Jamrīn, shuningdek, Jimrin, Jemrin va Jemarrin) Suriya janubida joylashgan qishloq. Maʼmuriy jihatdan Daraa muhofazasi tarkibiga kiradi. Daraadan sharqda, Bosradan shimolda joylashgan. Gʻarbda Maaraba, shimoli-gʻarbda Xaraba, shimolda al-Mujaymer, sharqda esa al-Qurayya bilan chegaradosh. Suriya Markaziy Statistika Byurosi (CBS) maʼlumotlariga koʻra, 2004-yil aholini roʻyxatga olishda Jamrin aholisi kishini tashkil qilgan. Aholisi sunniylardan iboratGeneral Census of Population and Housing 2004. Syria Central Bureau of Statistics (CBS). Daraa Governorate. .
Tarixi Antk davr Jamrin shimolida Rim davriga oid Jamrin koʻprigi joylashganBaedeker 1894, p. 204. 543-yil, Vizantiya davrida, Jamrinda Avliyo Stephenga atab cherkov qurilganConder 1890, p. 234..
Usmoniylar davri Qishloq 1596-yilgi Usmoniylar soliq roʻyxatlarida Jimrin nomi bilan qayd etilgan boʻlib, Havron qadasi hududidagi Bani Nasiyya nohiyasi tarkibiga kirgan. Qishloqda 15 ta xonadon va 5 ta boʻydoqdan iborat musulmon aholi yashar edi. Aholi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, jumladan bugʻdoy, arpa va yozgi ekinlardan 40% qatʼiy soliq toʻlagan. Bundan tashqari, vaqti-vaqti bilan boshqa daromadlardan ham soliq undirilgan. Jami soliq miqdori 6330 akçeni tashkil etganHütteroth and Abdulfattah, 1977, p. 219.. 1838-yilda qishloq Jemurrin xarobalari nomi bilan qayd etilgan boʻlib, ash-Shayx Maskinning sharqida, Nukra (Hauran tekisligi) hududida joylashgan ediRobinson and Smith, 1841, vol 3, 2nd appendix, p. 153. Zamonaviy davr 1980-yillardan boshlab Jamrin qishlogʻi aholisi uchta urugʻga mansub boʻlib, qishloq muxtori (oqsoqoli) lavozimini anʼanaviy tarzda Kafarnah urugʻi vakillari egallab kelganBatatu 1999, p. 24.
Manbalar
Adabiyotlar
.
Havolalar Bosra-map; 22M
Turkum:Daraa okrugi aholi punktlari Turkum:Suriya qishloqlari