Asad Dilmurod (1947—2019) — yozuvchi va jurnalist. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi. Hayoti Asad Dilmurod 1947-yil 20-iyulda Samarqand viloyati Urgut tumanining Qoratepa qishlogʻida tugʻilgan. 1971-yilda Toshkent davlat universitetining (hozirgi OʻzMU) jurnalistika fakultetini bitirgan.

Ancha yillar mobaynida „Sharq yulduzi“ jurnalining nasr boʻlimini boshqargan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Nasr kengashida faoliyat yuritgan.

2019-yil 29-yanvarda vafot etgan. Ijodi Ilk hikoyalar toʻplami 1978-yil „Osmonning bir parchasi“ nomi ostida nashr etilgan. Keyinchalik „Tosh burgut“ (1979), „Sirli zina“ (1980), „Sherdor“ (1986), „Mulk“ va „Girih“ (1989), „Togʻlar, sukut saqlamang“ (1987), „Oq ajdar sayyorasi“ (2000), „Mezon burji“ (2007) nomli qissalari hamda „Afrosiyob sukunati“ (1983), „Koʻchki“ (1991) singari kitoblari chop etilgan.

Yozuvchi, shuningdek, „Mahmud Torobiy“ (1998), „Fano dashtidagi qush“ (2001), „Pahlavon Muhammad“ (2006) nomli romanlar muallifi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonlik yozuvchilar Turkum:Oʻzbekistonlik jurnalistlar Turkum:Urgut tumanida tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari