Zaruhi Elmassian (1906-yil 12-oktyabrda tugʻilgan – 1990-yil 6-fevralda vafot etgan), Zari Elmasian nomi bilan mashhur, keyinchalik, Zaruhi Elmassian Vartian nomi bilan ham tanilgan, amerikalik qoʻshiqchi, 1930-yillarda Gollivud musiqiy filmlari, jumladan, „The Wizard of Oz“ filmidagi ishtiroki bilan mashhur.
Yoshlik yillari Zaruhi Elmassian Massachusets shtatining Lynn shahrida John Elmassian va Satenig Aloojian Elmassianlar oilasida dunyoga kelgan. Uning ota-onasi Armanistonda tugʻilgan. Singlisi Alice tugʻilgunga qadar oila Kaliforniyaning Fresno shahriga koʻchib oʻtgan. Zaruhi dastlab Fresno shtat kollejida, keyinchalik Janubiy Kaliforniya universitetida, shuningdek, Eastman musiqa maktabi hamda Yangi Angliya musiqa konservatoriyalarida tahsil olgan.
Mehnat faoliyati Elmassian 1929-yilda radio dasturida qoʻshiq kuylagan. Shuningek, 1930–1932-yillarda San-Fransisco operasida Hansel und Gretel, Manon, Tanxayzer va Carmen spektakllarida ham ishtirok etgan. Keyinchalik Los-Anjeles operasida ham kuylagan. 1930–1940-yillar davomida Kaliforniyada faol tarzda konsertlarda oʻz ijrolarini amalga oshirgan, shuningdek, cherkovda ham yakkaxon tarzda kuy ijro qilgan.
Elmassian Los-Anjelesdagi St. James arman apostol cherkovi musiqiy direktori boʻlib xizmat qilgan. Bundan tashqari professional ayol musiqachilar uchun tashkil etilgan Dominant Music Club aʼzosi ham boʻlgan.
U turmush oʻrtogʻi bilan birgalikda Ovanes Tumanyanning asari va Armen Dikranyanning „Anoush“ operasiga asoslangan arman tilidagi musiqiy melodramada bosh rolni ijro etgan.
Shaxsiy hayoti Elmassian 1942-yilda Nevada shtatining Las Vegas shahrida kino muharriri Setrag Vartian bilan oila qurgan. Vartian 1986-yilda, oʻzi esa 1990-yilda Los-Anjelesda 83 yoshida vafot etgan. Vartianlarning qabri Inglewood Park qabristoniga qoʻyilgan.
Manbalar
Havolalar
A 1939 photograph labeled „Radio singer Zaruhi Elmassian“ in the University of Washington collections.
Turkum:Amerikalik ovoz aktrisalari Turkum:1906-yilda tugʻilganlar Turkum:12-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:1990-yilda vafot etganlar Turkum:6-fevralda vafot etganlar