Björk (toʻliq ismi — Björk Guðmundsdóttir; talaffuzi — Byork Gudmundsdottir, 1965-yil, 21-noyabr kuni Reykyavik, Islandiyada tugʻilgan) — islandiyalik qoʻshiqchi, musiqachi, bastakor va qoʻshiq matnlari muallifi, aktrisa, koʻpgina mukofotlarning sohibi. Uning qoʻshiqlarini turli xil janr va uslublarga kiritishadi, ular ichida: pop, trip-hop, alternativ rok, jazz, electronica, etnika va mumtoz musiqa.

Björk kinoda

2000-yili Lars von Trierning „Qorongʻida raqsga tushuvchi“ filmi chiqadi (), u yerda Björk bosh rolni ijro etadi va „Selmasongs“ nomli saundterkini yozadi. Film Kann kinofestivalida — „Oltin palma shoxi“ga sazovor boʻladi, Björkning oʻzi esa „Eng yaxshi aktrisa“ sifatida festivalning sovgʻasini oladi.

Shaxsiy hayoti

Björkning ikki farzandi bor — qiz Ísadóra (Isadora, 2002, otasi — Matthew Barney) va oʻgʻil Sindri (Sindri Eldon Þórsson, 1986, otasi — Þór Eldon, Sugarcubesning sobiq ishtirokchisi).

Björk koʻp martalab paparassilar ustidan shikoyat qilgan. 1996-yili u Tailand aeroportida oʻz oʻgʻliga nisbatan provokatsion harakatlar qilgan deb hisoblagan jurnalistga hujum qilgan. Oʻsha 1996-yilning oʻzidayoq Ricardo Lopez ismli ruhiy kasal amerikalik muhlisi Björk uchun bombaning tayyorlanish jarayonini suratga oladi va unga pochta orqali yuboradi. 20 soatlik videoning ohirida u kamera oldida oʻziga qarata oʻq uzadi. Björkning hayoti posilkani qoʻshiqchiga yuborilishdan oldin topa olgan politsiya reaksiyasi tufayli saqlanib qolinadi. Aynan shu voqea taʼsiri ostida Björk 1997-yili uning ijodida burilish yasagan „Homogenic“ albomini yozadi..

Björk ismi

„Björk“ bu haqiqiy ism, sahna taxallusi yoki familiya emas. Islandlarning umuman familiyalari yoʻq. Islandiyada insonni uning ismi bilan (tugʻilgan paytida berilgan) qoʻshib otasining ismini (ayrim hollarda onasining) aytishadi. „Guðmundsdóttir“ — bu „Guðmundning qizi“ degan maʼnoda.

„Björk“ soʻzining oʻzi (toʻgʻri talaffuzi „byork“) island tilida „qayin“ maʼnosini beradi.

Yakkahon diskografiyasi

Studiyaviy albomlar

Björk (1977) Debut (1993) Post (1995) Homogenic (1997) Vespertine (2001) Medúlla (2004) Volta (2007) Biophilia (2011) Vulnicura (2015) Utopia (2017) Fossora (2022)

Saundtreklar

Selmasongs (2000, „Qorongʻida raqsga tushuvchi“ filmiga saundtrek) Drawing Restraint 9 (2005, saundtrek)

Remikslar termalari

Telegram (1997, remikslar albomi) Army of Mixes (2005)

Telegram

Bu remikslar albomi 1997-yili chiqarilgan Post albomidandir.

Taronalar roʻyxati

Possibly Maybe (LFO) Hyper-Ballad (Brodsky Quartet) Enjoy (Outcast) My Spine (Evelyn Glannie) I Miss You (Dobie) Isobel (Deodato) Youʼve Been Flirting Again Cover Me (Dalinja) Army Of Me (Graham Massey) Headphones (Mika Vainid)

Havolalar Rasmiy sahifasi

Turkum:Islandiyalik qoʻshiqchilar Turkum:Islandiyalik aktrisalar Turkum:Ateistlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:MTV Europe Music Award sovrindorlari Turkum:Brit mukofoti sovrindorlari Turkum:1965-yilda tugʻilganlar