Gabrijela „Gabi“ Novak (1936-yil 8-iyul, Berlin, Germaniya) – xorvatiyalik estrada va jaz xonandasi. Xorvatiyalik mashhur qoʻshiqchi hamda qoʻshiqnavis Arsen Dedićning rafiqasi, 1973-yilda Novak unga turmushga chiqqan. Novakning mashhurlik onlari 1960-yillarga toʻgʻri keladi.
Hayoti Novak 1936-yil 8-iyulda Berlinda Hvar orolidan boʻlgan millati xorvat boʻlgan Đuro Novak va berlinlik nemis Elizabeth Reyman oilasida tugʻilgan. Gabi Novak bolaligini oʻz tugʻilgan shahrida oʻtkazgan, ammo keyinchalik Yugoslaviyaga koʻchib ketgan. Qoʻshiqchining otasi 1945-yilda halok boʻlgan.
Novak taniqli bastakor Stipica Kalogjera bilan turmush qurgan, ammo 1970-yilda ular ajrashishgan. 1973-yil 30-martda Novak taniqli qoʻshiqchi-qoʻshiqnavis Arsen Dedićgaturmushga chiqqan, u bilan ham koʻplab qoʻshiqlarini yozgan. Ularning Matija ismli bir oʻgʻli bor boʻlib, oʻgʻli bugungi kunda taniqli jaz pianinochisidir.
Mukofotlari Gabi Novak bir necha marta Porin mukofotlari sovrindori boʻlgan: Eng yaxshi jaz ijrosi (2002). Yil albomi (2003). Eng yaxshi ayol vokal ijrosi (2003). Eng yaxshi pop albom (2003). Eng yaxshi vokal hamkorlik (2003). Umr boʻyi erishilgan yutuqlar uchun mukofoti (2006).
Manbalar
Havolalar Biografiyasi Gabi Novak
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1936-yilda tugʻilganlar