Katsyaryna Andreeva (; ; haqiqiy ismi: Katsyaryna Andreevna Baxvalava; 1993-yil 2-noyabrda tugʻilgan) – belaruslik jurnalist. Belsat TV telekanalida faoliyat yuritgan. 2020-yilda Raman Bandarenka doʻpposlab oʻldirilgan Minskdagi „Oʻzgarishlar maydoni“dan ushbu voqeani jonli efirda yoritgan.

Andreevna 2020-yil 15-noyabr kuni voqea joyida hibsga olingan va ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. 2022-yilda unga nisbatan „davlatga xiyonat“ ayblovi bilan qoʻshimcha sakkiz yillik qamoq jazosi tayinlangan, bu ayblov Amnesty International tomonidan asossiz deb topilgan.

Yoshlik yillari va martabasi Andreevna 1993-yil 2-noyabrda Minskda jurnalistlar oilasida dunyoga kelgan. Taxminan ikki yarim yil Minsk davlat tilshunoslik universitetida tahsil olgan, keyinchalik Ispaniyaga koʻchib oʻtgan. U yerda ikki yil davomida ingliz tilidan dars bergan. Soʻngra uyiga qaytib, „Nasha Niva“ gazetasiga jurnalist sifatida ishga kirgan. 2017-yildan esa Belsat TVda oʻz faoliyatini boshlagan.

Katsyaryna Andreeva 2020-yilda Ixar Ilyash bilan birgalikda „Belarusian Donbas“ kitobini yozgan. Kitob Belrus xalqi va tashkilotlarining Donbasdagi urushda Rossiya separatist kuchlari tomonida qanday ishtirok etgani haqida yozilgan. Belarus rejimi tomonidan kitob ekstremistik deb topilgan va 2021-yilda sud qarori bilan kitob va undagi barcha maʼlumotlarning butun mamlakat boʻylab tarqalishi taʼqiqlab qoʻyilgan.

Katsyaryna birinchi marta 2017-yilda Orshada hibsga olingan. 2020-yil 12-sentabrda esa OMON tomonidan Minskdagi ayollar marshini jonli efirda koʻrsatgani uchun hibsga olinib, uch kunga qamalgan.

Shaxsiy hayoti Katsyaryna Andreeva 2016-yilda jurnalist Ixar Ilyash bilan oila qurgan.

Manbalar

Havolalar Katsyaryna Andreevaning Viasna Inson huquqlari markazi veb-saytidagi sahifasi

Turkum:Jurnalistlar Turkum:Ayol jurnalistlar Turkum:Yashayotgan insonlar