Yerlan Alimbayev (; 1975-yil 6-yanvarda tugʻilgan) – Qozogʻistonlik siyosatchi va diplomatdir. Hindistonga elchi etib tayinlanishidan oldin Alimbayev Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining alohida topshiriqlar boʻyicha elchisi va Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi faoliyat boʻyicha Qozogʻiston Respublikasining milliy muvofiqlashtiruvchisi lavozimlarida ishlagan. Turli yillarda Qozogʻistonning Hindiston, Koreya Respublikasi elchixonalarida hamda Shveysariyaning Jeneva shahridagi BMT idorasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakolatxonasida diplomatik lavozimlarni egallagan.

Yoshligi va taʼlimi Qiziloʻrda shahrida tugʻilgan Alimbayev, Al-Farobiy nomidagi Qozogʻiston Milliy Universitetida Sharqshunoslik boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Yana Genevradagi Diplomatiya va Xalqaro munosabatlar maktabida magistrlik darajasini olgan. Mazkur maktab tijorat yoʻnalishidagi muassasa boʻlib, universitet maqomini beruvchi akkreditatsiyaga ega emasligi sababli ommaviy axborot vositalarining eʼtiboriga tushgan. Alimbayev qozoq, rus, ingliz, fransuz, hind va urdu tillarini biladi hamda bir nechta davlat mukofotlari va eʼtiroflari sohibidir.

Manbalar

Turkum:1975-yilda tugʻilganlar Turkum:Qiziloʻrda kishilari Turkum:Qozoq milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Qozog‘istonning Hindistondagi elchilari