thumb|260x260px|Buyuk Yaman yoki Janubiy Arabiston, Amrning qabilasi Zubaydiylarning kelib chiqqan tarixiy hududi Amr ibn Maʼdiy Yakrib az-Zubaydiy al-Madhijiy (; milodiy 642-yilda vafot etgan) – Yamandagi Zubayd (Madhij qabilalar ittifoqiga mansub) urugʻiga mansub arab otliq qoʻshini qoʻmondoni. Afsonaviy jangchi sifatida tanilgan boʻlib, Amir ibn Tufayl, Antara ibn Shaddod va Dorayd bin al-Soma kabi mashhur shaxslarga qarshi kurashgan.

Amr islom paygʻambari Muhammad davrida islomni qabul qilgan va Tulayha bilan birga Roshidun xalifaligining ikki asosiy bahodirlaridan biri sifatida tanilgan. Rivoyatlarga koʻra, ularning har ikkisida ham ming nafar askarning qudrati boʻlgan. Amr Yarmuk va Qodisiya jangida ishtirok etgan. Shuningdek, Jalula jangida ham Roshidun qoʻshinlariga boshchilik qilgan va musulmonlarning Xurosonni zabt etishida xizmat qilgan. Amr ibn Maʼdiy 642-yilda Nahovand jangida halok boʻlgan.

Biografiyasi Paygʻambar Muhammad davrida Qahtoniy qabilalar ittifoqiga mansub Zubaydiylar urugʻi ikki guruhga boʻlingan edi. Ular Zubayd al-Kabir (Katta Zubaydiylar) hamda Zubayd al-Asgar (Kichik Zubaydiylar) deb atalgan. Zubayd al-Asgar nasli Banu Asam qabilasining bir tarmogʻidan boʻlgan. Amr aynan shu Zubayd al-Asgar boʻlinmasidan edi, uning otasi Maʼdiy Yakrib ibn Abdulloh esa shu urugʻning boshligʻi hisoblangan. Zamonaviy tarixchilarning fikricha, Amr hijriy yildan 75 yil oldin tugʻilgan. Uning Rayhona ismli singlisi va Abd ismli ukasi boʻlgan. Ukasi Abd Zubaydiy urugʻining boshqa boʻlimidan boʻlgan yamanlik Madhij qabilasi tomonidan oʻldirilgan.

Manbalar

Turkum:Ridda urushlarida ishtirok etgan kishilar Turkum:Sahoba hadis roviylari Turkum:Arab musulmonlari Turkum:642-yilda vafot etganlar Turkum:Roshidun xalifaligi kishilari