Esma Alić (2002-yil 8-oktabrda Sarayevoda tugʻilgan) – bosniyalik togʻ changʻisi sportchisi.

Faoliyati Esma Alić 2002-yil 8-oktabrda Sarayevoda tugʻilgan. Alić besh yoshida changʻi uchishni oʻrgangan. U xalqaro musobaqalardagi debyutini 2018-yil 29-noyabr kuni Avstriyaning Sölden shahrida boʻlib oʻtgan FIS gigant-slalomida amalga oshirgan. Ilk yirik xalqaro musobaqasi sifatida esa u 2019-yil fevral oyida Sarayevoda oʻtkazilgan Yevropa Qishki Olimpiya yoshlari festivali (EYOF)da ishtirok etib, gigant-slalom dasturida 37-oʻrinni egallagan va oʻzining eng yaxshi natijasini qayd etgan.

Keyingi yillarda u asosan Bolqon yarim orolida hamda unga qoʻshni davlatlarda oʻtkaziladigan FIS musobaqalarida qatnashgan. Esma Alić 2020-yilda Lozannada oʻtkazilgan Qishki Yoshlar Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan, unda u gigant-slalom va slalom dasturlarida ishtirok etgan, biroq ikkala musobaqani ham yakunlay olmagan.

Esma Alić 2021-yilda ilk bor togʻ changʻisi boʻyicha Jahon chempionatida ishtirok etdi. Biroq Italiyaning Kortina d’Ampezzo shahrida oʻtkazilgan bu musobaqalarda ham u gigant-slalom hamda slalom bahslarida natija qayd eta olmadi. Shu yilning qishki mavsumi yakunida u slalom yoʻnalishida ilk bor Bosniya va Gersegovina chempioni unvonini qoʻlga kiritdi.

U yirik xalqaro musobaqadagi ilk eʼtiborga molik natijasini 2022-yilda Pekinda boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiya oʻyinlarida qayd etdi. Gigant-slalom dasturida 45-oʻrinni egalladi. U 2025-yilda Saalbach-Hinterglemmda boʻlib oʻtgan musobaqada ishtirok etdi va 22-oʻrinni egalladi. 2025-yil 4-aprelda Val Casiesda (Italiya) boʻlib oʻtgan navbatdagi FIS musobaqasida 108.35 ball bilan 30-oʻrinni egalladi.

Yutuqlari

Qishki Olimpiya o‘yinlari Peking 2022: 45. Slalom, DSQ

Jahon chempionatlari Cortina d’Ampezzo 2021: DNF, DNF Slalom Saalbach-Hinterglemm 2025: 22. Jamoaviy, 43.

Manbalar

Turkum: Bosniya va Gersegovinalik olimpiada oʻyinlari ishtirokchilari