„Circus Maximus“ – amerikalik repper va qoʻshiqchi Travis Scottning qoʻshigʻi boʻlib, unda kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallif The Weeknd hamda amerikalik repper va qoʻshiqchi Swae Lee ham ishtirok etgan. Ushbu qoʻshiq Scottning toʻrtinchi studiyaviy albomi – Utopia (2023) dan oʻrin olgan. Qoʻshiq Scott va Noah Goldstein tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, qoʻshimcha ishlab chiqish jarayonida Jahaan Sweet va Mike Dean ham ishtirok etgan. Qoʻshiqdan oldin Scottning shu nomdagi (Circus Maximus) ilk filmi chiqarilib, u albomga vizual qoʻshimcha hisoblanadi va albomdan bir kun avval chiqarilgan.
Tarixi „Circus Maximus“ qoʻshigʻida Kanye Westning „Black Skinhead“ qoʻshigʻidagi kabi barabanlar stilidan foydalanilgan. Scott bu qoʻshiqda, shuningdek, Kanye trekidagi rep uslubini ham ishlatgan: Mike Dean ikkala qoʻshiqni ham ishlab chiqarishda ishtirok etgan, bu esa Scottning Utopia albomi uchun tanlagan sempllariga taʼsir qilgan boʻlishi mumkin.
Tanqidiy qabul Qoʻshiq umuman olganda turlicha fikrlar oldi. Complex jurnalidan Jordan Rose qoʻshiqni „Black Skinhead“ga oʻxshashligini aytdi, ammo uni Utopia albomidagi eng yomon narsalardan biri deb hisobladi, chunki albomda Kanye Westning taʼsiri juda kuchli ekanini his qilgan. Stereogumdan Tom Breihan ham taʼsirni tan oldi, ammo shunday dedi: „Kanye West doimo qiziqarli edi, lekin Travis Scott shunchaki qiziqarli emas“.
Billboarddan Mackenzie Cummings-Grady esa bu qoʻshiqni Utopia albomidagi oʻninchi eng yaxshi qoʻshiq deb baholagan.
Jonli chiqishlar The Weeknd „Circus Maximus“ qoʻshigʻini After Hours til Dawn Tourning Lotin Amerikasi bosqichida naqarotini yanada uzunlashtirgan holda ijro etdi. Ushbu qism qoʻshiqning asl nusxasidan kesilganmi yoki uni jonli ijro etish uchun maxsus yaratilganmi – nomaʼlum.
Scott ushbu qoʻshiqni birinchi marta 2023-yil 7-avgust kuni Circus Maximus arenasida Utopia albomidagi boshqa qoʻshiqlar bilan birga ijro etdi. Keyinchalik, bu qoʻshiq Scottning Circus Maximus Tour repertuariga kiritildi.
Chartlar + „Circus Maximus“ning chartlardagi oʻrni Chart (2023) Eng yuqorioʻrin Hip Hop/R&B (ARIA) 23 International (IFPI) 65 (AGATA) 60 (Polish Streaming Top 100) 48 Heatseeker (Sverigetopplistan) 10
Sertifikatsiya + „Circus Maximus“ning sertifikatsiyasiHududSertifikatsiyaSertifikatlangan birliklar/sotuvlarBraziliya (Pro-Música Brasil)Oltin20,000Kanada (Music Canada)Oltin40,000
Manbalar
Turkum:2023-yil qoʻshiqlari Turkum:Travis Scott qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:Swae Lee qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd tomonidan yozilgan qoʻshiqlar