Jund al-Urdunn (; ) – ilk islom davrida Bilod ash-Shom (Islomiy Suriya)hududining beshta harbiy-maʼmuriy okrugidan biri. Roshidun xalifaligi davrida tashkil etilgan boʻlib, Umaviylar va Abbosiylar xalifaliklari hukmronligi davomida poytaxti Tiberias shahri boʻlib qolgan. Mazkur okrug janubiy Jabal Lubnon togʻlari, Galileya, janubiy Havron, Golan tepaliklari va sharqiy Iordaniya vodiysining katta qismini (ayniqsa, shimoliy hududlarini) oʻz ichiga olgan.

Aholisi

Galileya Galileya IX asr arab geografi Yaʼqubiy (vafoti: 891-yil) tomonidan „Jabal al-Jalil“ deb atalgan boʻlib, tarixchi ushbu hududda Banu Amila qabilasi arablari yashaganini qayd etgan. Michael Ehrlichning taʼkidlashicha, gʻarbiy va quyi Galileya aholisi ilk islom davridayoq, asosan, islom dinini qabul qilgan boʻlsa-da, sharqiy Galileyada islomlashuv jarayoni biroz uzoqroq davom etgan va Mamluklar davriga qadar choʻzilgan.

Yana qarang

Suriya hududi Iordan daryosi Levant Mashriq Oʻrta Sharq Shom

Manbalar

Turkum:Umaviylar xalifaligining harbiy harakatlari tarixi