Dmytro Zajciw (; 1897-yil 17-fevral – 1976-yil dekabr) — ukrainalik va braziliyalik entomolog boʻlib, koʻplab qoʻngʻizlarni kashf etganligi va noyob kolleksiyasi bilan mashhur boʻlgan. Olim Ukrainaning Velikomixaylivka shahrida tugʻilib, Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida vafot etgan. Zajciw „Two new genera and species of neotropical Longhorn beetles (Coleoptera Cerambycidae)“ (1957) hamda „Contribution to the study of Longhorn beetles of Rio de Janeiro (Coleoptera Cerambycidae)“ (1958) nomli asarlarni yozgan. Shuningdek, Zajciw qoʻngʻizlarning AdesmoidesBezark, Larry G. A Photographic Catalog of the Cerambycidae of the World: Adesmoides flava . Retrieved on 4 July 2015. va PseudogrammopsisBezark, Larry G. A Photographic Catalog of the Cerambycidae of the World: Pseudogrammopsis lineata . Retrieved on 4 July 2015., Beraba angusticollisBezark, Larry G. A Photographic Catalog of the Cerambycidae of the World: Beraba angusticollis . Retrieved on 4 July 2015. va Mionochroma subaurosumBezark, Larry G. A Photographic Catalog of the Cerambycidae of the World: Mionochroma subaurosum . Retrieved on 4 July 2015. kabi koʻplab turlarni birinchi boʻlib tavsiflagan olim sifatida tanilgan.

Hayoti Zajciw 1897-yil 17-fevralda hozirgi Ukraina hududidagi Dnepropetrovsk viloyatiga qarashli Velikomixaylivka shahrida tugʻilgan. 1926—1929-yillarda Xarkov xalq taʼlimi institutida aspiranturani oʻtagan. Oʻqish davomida 1928-yilda Xarkov ilmiy jamiyatining tabiiy tarix boʻlimi kotibi lavozimida ishlagan. Oʻqishni tugatgach, 1930—1941-yillarda V. Dokuchayev nomidagi Xarkov milliy agrar universitetining Entomologiya va zoologiya kafedrasida dotsent sifatida faoliyat yuritgan. Bu davrda olim Sovet ittifoqi, ayniqsa oʻz vatani hududidagi qoʻngʻizlar faunasini tadqiq etgan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Gʻarbga koʻchib ketgan, undan keyin esa Braziliyaga koʻchib oʻtgan.

Shaxsiy hayoti Zajciwning 1898-yilda tugʻilgan Zaytseva Tetyana Varfolomayevna ismli singlisi bor boʻlgan, singlisi lingvistik stilistika, xususan, ukrain tili boʻyicha tadqiqotlar olib borgan.

Manbalar

Turkum:1976-yilda vafot etganlar Turkum:1897-yilda tugʻilganlar