Imom ota – Oʻzbekiston Respublikasining Andijon viloyatiga qarashli qishloq. Xoʻjaobod tumani tarkibiga kiradi. 2022-yil holatiga koʻra, aholisi 677 nafar.

Qishloq Xoʻjaoboddan 18,3 km, Andijon shahridan 56,4 km masofada joylashgan.

Imom ota Qirtoshtogʻning togʻlari va tepaliklari bilan oʻralgan. Qishloq boʻylab manbalari Chilustun tizmasi etaklaridan boshlanuvchi kichik daryo oqadi. Qishloqdagi havo shaffof, uning inson organizmiga terapevtik taʼsiri isbotlangan, bronxlar va oʻpkalarni tozalovchi xususiyatga ega.

Imom otaga Andijonning qolgan hududi bilan bogʻlaydigan tor yoʻlak orqali kelinadi. Dara markazida „Orzu gʻoriga“ eltuvchi zinapoyalar bor. Qishloqda kemping uchun bir nechta bekatlar va 5 ta togʻ yoʻnalishi – „Savlati-Viqor“, „Atrofi olam“, „Ilon yoʻli“, „Xon yoʻli“, „Egar togʻi“ mavjud. Shuningdek, qishloqda Imom ota ziyoratgohi, Jome masjidi meʼmoriy yodgorligi, Shahrixonsoy eski choyxonasi Manak ota ziyoratgohi bor.

2022-yilgi ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish dasturiga muvofiq, Imom ota qishlogʻi turistik qishloqqa aylantirilishi belgilangan.

2022—2023-yillar kuz-qish mavsumida olis qishloq sifatida Imom otaga 24,8 tonna suyultirilgan gaz, 700 kg un, 1 300 kg oʻsimlik yogʻi, 3 800 kg sabzavot zaxiralari yaratish koʻzda tutilgan.

2024-yil Imom ota qishlogʻida toʻsiqsiz turizm infratuzilmalari rivojlantirish uchun mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan 6 million soʻm mablagʻ ajratildi.

Imom ota ziyoratgohi

Imom ota ziyoratgohi 18-asrda qurilgan va 19-asr oxirida qayta tiklangan. 1982-yilda qadimiy meʼmorlik yodgorligi sifatida davlat muhofazasiga olingan. Ziyoratgohda Imom Muhammad Hanafiy maqbarasi joylashgan.

Boshqa maʼlumotlar Qishloq hududida Sharqiy harbiy okrugga qarashli Andijon garnizonining „Imom ota“ dala-oʻquv maydoni joylashgan. 2015-yilgi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, poligon va uning atrofidagi hudud sayyohlar uchun borish taqiqlangan hududlar toifasiga kiritilgan.

2023-yil A373 avtomobil yoʻlining Kampirrovot, Bibi seshanba va Imom ota ziyoratgohlariga boradigan 10 km qismini taʼmirlash uchun 6 mlrd soʻm pul, 4K96 ichki yoʻlining 0,6 km qismini taʼmirlash uchun 400 million soʻm ajratildi.

Madaniy hayot 2021-yil yanvar oyi holatiga koʻra, Imom otada 12 kishi ishlaydigan qishloq vrachlik punkti bor.

Xoʻjaobod tumanidagi 12-maktab Imom otada joylashgan. Maktabda 542 nafar oʻquvchi taʼlim oladi.

Manbalar

Turkum:Andijon viloyati qishloqlari Turkum:Xoʻjaobod tumani aholi punktlari