Galina Vasilivna Moskalets (; 1958-yil 26-iyul, Zalokot, Drogobich tumani, Lvov viloyati, Ukraina SSR, SSSR) – ukrainalik fentezi yozuvchisi. Taxallusi Galina Pagutyak.
Hayoti Galina Pagutyak 1958-yil 26-iyulda Zalokot qishlogʻida (hozirgi Drogobich tumani, Lvov viloyati, Ukraina) tugʻilgan; keyinchalik oilasi Urij qishlogʻiga koʻchib oʻtgan.
Otasi Vasiliy Pagutyak, onasi Ivanna Basarab. Galina oiladagi uch qizning kenjasi.
Galina oʻzini Valaxiya hukmdori Drakula (Bassarablar urugʻidan Vlad Sepesh, Galina Pagutyak uni Vlad Basarab deb ataydiAvtobіografіya, neofіsіyna versіya) avlodidan deb biladi.
Taras Shevchenko nomidagi Kiyev davlat universitetining ukrain filologiyasi fakultetini tamomlagan. Galina maktabda, Drogobich oʻlkashunoslik muzeyida, xususiy maktabda va Lvov sanʼat galereyasida ishlagan. Ukraina olimlari milliy ittifoqining aʼzosi. Lvovda yashaydi.
Ijodi Galinaning asarlarida „sehrli realizm uslubini ommabop janrlar va vampir mavzulari bilan uygʻunlashtirgan“. Hikoyalarida „ajoyib oʻzgarishlar, onalarning ayollik tasavvurlari va bolalik orzulari“ aks ettirilgan.
Oʻzining dastlabki kitoblarini sovet davrida nashr ettirgan. Galina juda qatʼiyatli boʻlib, doimo nashriyotchilarning xohishiga qarshi borgan va sovet urf-odatlarini tanqid qilishdan choʻchimagan. Shunday boʻlsa-da, Kiyevdagi „Sovet yozuvchisi“ nashriyoti tomonidan chop etilgan „Master“ (1986) kitobi gʻoyat katta tirajda, bugungi Ukraina uchun tasavvur qilib boʻlmaydigan 65 ming nusxada nashr etilgan.
2015-yilda Galina Pagutyakning asaridan olingan parcha muallifning ruxsatisiz ukrain tilidagi tashqi mustaqil baholash (EIE) topshiriqlarida qoʻllanilgan. Beshta vazifada (29—33-sonli) „Kichkina yoʻl odamlar uchun emas…“ mavzusidagi falsafiy matnni tahlil qilish va muallif nimani nazarda tutganini tushuntirish talab etilgan. Galina Pagutyak oʻzining ochiq maktubida bu topshiriqlarni „bemaʼni va muallif matniga nisbatan haqorat“ deb baholagan.
Mukofotlari Taras Shevchenko nomidagi Ukraina Milliy mukofoti (2010) – „Sluga iz Dobromilya“ nasriy kitobi uchun, „Knigonoshi iz Korolevstva“ va „Zacharovanniye muzikanti“ asarlari uchun ikki marta „Portal“ mukofoti berilgan. „Ukraina mustaqilligiga 20 yil“ yubiley medali (2011)Ukaz Prezidenta Ukraїni № 822/2011 vіd 19 serpnya 2011 roku "Pro nagorodjennya vіdznakoyu Prezidenta Ukraїni – yuvіleynoyu medallyu „20 rokіv nezalejnostі Ukraїni“" .
Manbalar
Turkum:Sovet yozuvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1958-yilda tugʻilganlar Turkum:26-iyulda tugʻilganlar