Paygʻambar Jad maqbarasi () – Iordaniyaning As-Salt shahrida joylashgan masjid. Tarixiy rivoyatlarga koʻra, masjidda Injil qahramoni Yoqubning oʻgʻli Gad qabri joylashgan boʻlib, mahalliy aholi uni Jodur yoki oddiygina Jad deb atashgan.
Tavsifi Gad qabri Tel al-Jodur tepaligida joylashgan boʻlib, mahalliy qabriston bilan oʻralgan. Rim va Vizantiya davrlariga oid „Ayn al-Jodur“ bulogʻi ham mavjud. Qabr ustiga qurilgan masjid zamonaviy boʻlib, 1958-yilda qurib bitkazilgan The mosque built over the tomb is modern, dating back to 1958..
2010-yilda maqbaraning ahvoli yomon darajada ekanligi haqida xabarlar tarqalgan. Masjid shiftida yoriqlar paydo boʻlib, tom qismlari yogʻochlari qulab tushgan. Yillar davomida taʼmirlanmagan hojatxonalar ham foydalanishga yaroqsiz holga kelgan.
Binodan elektr kabellari oʻgʻirlangan va u talon-taroj qilingan.
Manbalar
Turkum:Iordaniyadagi masjidlar