Hans-Dieter „Hansi“ Flick (;, 1965-yil 24-fevralda tugʻilgan) – germaniyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi boʻlib, hozirda La Liga klubi „Barcelona“ murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda. Flick futbolchilik faoliyati davomida „SV Sandhausen“, „Bayern Munich“ va „1. FC Köln“ jamoalarida toʻp surgan. U murabbiylik faoliyatini toʻrtinchi diviziondagi „Victoria Bammental“ klubida futbolchi-murabbiy sifatida boshlagan. 2000-yilda u yana bir toʻrtinchi divizion jamoasi – „TSG Hoffenheim“ning murabbiyiga aylangan va 2005-yilda ketishidan oldin jamoani Regionalliga Süd ligasiga olib chiqqan. 2006-yildan 2014-yilgacha Flick Germaniya milliy terma jamoasining Joachim Löw boshchiligidagi murabbiylar shtabida yordamchi murabbiyi boʻlib ishlagan va 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatidagi chempionlikka hissa qoʻshgan. Keyinchalik, u 2014-yildan 2017-yilgacha Germaniya futbol assotsiatsiyasi (DFB) ning sport direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
2019-yilda „Bayern Munich“ jamoasiga yordamchi murabbiy sifatida qaytib kelgan Flick, noyabr oyida Niko Kovač ketgach, vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlandi. Keyinchalik doimiy bosh murabbiyga aylanib, oʻsha mavsumda UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi boʻlib, klubning ikkinchi treblini (uchta asosiy sovrinni bir mavsumda qoʻlga kiritishni) amalga oshirdi. 2021-yilda Flick FIFA klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati va yana bir Bundesliga sovriniga ega chiqdi. U va Pep Guardiola, jamoalari bilan olti sovrin yutgan yagona murabbiylar hisoblanadi. Shuningdek, 2021-yilda Flick Germaniya milliy termasi bosh murabbiyi boʻlib, jamoani 2022-yilgi Jahon chempionati saralashidan muvaffaqiyatli oʻtkazdi, biroq 2023-yilda lavozimidan ozod qilindi. 2024-yilda esa Ispaniyaning „Barcelona“ klubiga bosh murabbiy qilib tayinlanib, birinchi mavsumida uchta sovrin qoʻlga kiritdi.
Shaxsiy hayoti Hansi Flick, Silke Flick bilan oila qurgan. 2020-yilga kelib, ular 30 yildan ortiq vaqt birga yashashgan. Ularning ikki qizi va ikki nabirasi bor.
Murabbiylik statistikasi
+Jamoalar boʻyicha murabbiylik natijalari va ish davriJamoaIshga kirishgan sanaTark etgan sanaNatijalarVictoria Bammental1996-yil 1-iyul2000-yil 30-iyunTSG Hoffenheim2000-yil 1-iyul2005-yil 19-noyabrBayern Munich2019-yil 3-noyabr2021-yil 30-iyunGermaniya2021-yil 1-iyul2023-yil 10-sentabrBarcelona2024-yil 29-mayJami
Yutuqlari
Futbolchilik davri
Bayern Munich
Bundesliga: 1985/86, 1986/87, 1988/89, 1989/90 DFB-Pokal: 1985/86 DFB-Supercup: 1987 Yevropa kubogi finalchisi: 1986–/87
1. FC Köln
DFB-Pokal finalchisi: 1990/91
Murabbiylik davri
Germaniya (yordamchi murabbiy sifatida)
FIFA Jahon chempionati: 2014; uchinchi oʻrin: 2010 UEFA Yevropa chempionati finalchisi: 2008; uchinchi oʻrin: 2012
TSG Hoffenheim
Oberliga Baden-Württemberg: 2000/01 Shimoliy Baden kubogi: 2001/02, 2002/03, 2003/04, 2004/05
Bayern Munich
Bundesliga: 2019/20, 2020/21 DFB-Pokal: 2019/20 DFL-Supercup: 2020 UEFA Chempionlar Ligasi: 2019/20 UEFA Superkubogi: 2020 FIFA klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati: 2020
Barcelona
La Liga: 2024/25 Copa del Rey: 2024/25 Ispaniya Superkubogi: 2025
Individual
UEFA tomonidan Yil erkaklar jamoasi murabbiyi: 2019/20 IFFHS tomonidan Dunyoning eng yaxshi klub murabbiyi: 2020 World Soccer tomonidan Yilning eng yaxshi erkaklar jamoasi murabbiyi: 2020 Globe Soccer tomonidan Yilning eng yaxshi murabbiyi: 2020 Germaniyada Yilning eng yaxshi murabbiyi: 2020 VDV tomonidan Bundesligada Mavsumning eng yaxshi murabbiyi: 2019/20 La Ligada Oyning eng yaxshi murabbiyi: 2024-yil avgust, 2024-yil oktabr, 2025-yil fevral
Manbalar
Havolalar FC Barcelona vebsaytidagi sahifasi
Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Gʻarbiy Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:SV Sandhausen futbolchilari Turkum:FC Bayern Munich futbolchilari Turkum:1. FC Köln futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Germaniyalik futbol murabbiylar Turkum:TSG 1899 Hoffenheim murabbiylari Turkum:FC Bayern Munich murabbiylari Turkum:Germaniya milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:FC Barcelona murabbiylari Turkum:Bundesliga murabbiylari Turkum:La Liga murabbiylari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 murabbiylari