Ibrohim ibn Molik al-Ashtar ibn al-Horis an-Naxaʼiy (; 691-yil oktyabrda vafot etgan), Ibrohim ibn al-Ashtar nomi bilan mashhur () – arab qoʻmondoni, xalifa Ali () xizmatida janglarda ishtirok etgan, keyinchalik Aliylar tarafdori al-Muxtor at-Saqafiyga xizmat qilgan. 686-yilda boʻlib oʻtgan Xazir jangida al-Muxtor qoʻshini boshchiligida Umaviylarga qarshi hal qiluvchi gʻalabaga erishgan va shu jangda Umaviy qoʻshini sarkardasi Ubaydulloh ibn Ziyod shaxsan Ibn al-Ashtar tomonidan oʻldirilgan.

Oilasi va yoshlik davri Ibrohim ibn al-Ashtar Molik al-Ashtar ibn al-Horisning oʻgʻli boʻlgan. Otasi Roshidun xalifaligi davrida xalifa Alining () sodiq tarafdorlaridan boʻlganThe Encyclopaedia of Islam, 1971 p. 987.. Ularning oilasi Banu Naxa qabilasiga mansub boʻlgan, shu sababli ularning nomida „an-Naxaʼiy“ nisbası qoʻllanadiAl-Tabari, ed. Hawting, p. 197.. Banu Naxa esa oʻz navbatida yirik Madhhij qabilasining bir boʻlagi edi. Ibrohimning onasi bir, otasi boshqa Abdurahmon ibn Abdulloh an-Naxaʼiy ismli ukasi boʻlib, u ham jangchi boʻlgan. Ibrohim ham otasi kabi 657-yilda Siffin jangida Banu Umayyaga qarshi Ali bilan birga jang qilgani haqida maʼlumotlar mavjud.

Manbalar

Turkum:Ikkinchi fitnada ishtirok etgan kishilar Turkum:691-yilda vafot etganlar Turkum:Roshidun xalifaligi generallari