Qays ibn Makshuh al-Muradi () yoki Qays ibn Hubayra nomi bilan ham tanilgan, paygʻambar Muhammadning sahobasi. Muhammad paygʻambar hayotligida islomni qabul qilgan. Keyinchalik Ridda urushlari davrida al-Asvod al-Ansiy oʻldirilgach, isyon koʻtargan, ammo Ikrima ibn Abu Jahl tomonidan magʻlubiyatga uchragan.
Qays keyinchalik birinchi Roshidun xalifasi Abu Bakr tomonidan kechirilgan va usulmonlarning Eronga istilosi hamda Shomning musulmonlar tomonidan bosib olinishida qatnashgan.
Hayoti Qays ibn Makshuh al-Murodiy Murod qabilasidan boʻlib, Makshuhning (asl ismi Hubayra ibn Abduyagʻut bin al-Gʻozil bin Salama) oʻgʻli boʻlgan Qaysning otasi Murad qabilasining boshligʻi edi. Qays ibn Makshuh, shuningdek, Yamanning Zubayd qabilasidan boʻlgan taniqli jangchi Amr ibn Maʼadi Yakribning jiyani boʻlgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Sahoba hadis roviylari Turkum:Roshidun xalifaligi kishilari