Mirza (arabcha + < „amirzoda“ soʻzining qisqargan shakli) — kelib chiqishi arabcha yoki forscha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Mirza Ahmedov — sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi; Mirza Azizov — sovet va oʻzbek aktyori va rejissori, Oʻzbekiston xalq artisti; Mirza Ibrohimov — Ozarbayjon xalq yozuvchisi, jamoat arbobi; Mirza Mirsagatov — urolog, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan shifokorʻ Mirza Oxundov — ozarbayjon yozuvchisi, maʼrifatparvari va faylasuf; Mirzabek Bayjan — shoir; Mirzabek Doʻstmurodov — neyroxirurg, ortoped-travmatolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi; Mirzabek Nuriddinov — oʻzbekistonlik futbolchi; Mirzabek Xolmedov — taniqli oʻzbek estradasi hajviy aktyori, qiziqchi, soʻz ustasi va qoʻshiqchi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist; Mirzajon Baykeyev — rus va sovet haykaltaroshi, restavrator; Mirzajon Islomov — davlat arbobi, Fargʻona viloyati hokimi; Mirzajon Tillayev — Andijonlik xonanda va sozanda; Mirzaxon Tnimov — qozoq tilidan rus tiliga va rus tilidan qozoq tiliga qozoq tarjimoni.

Familiyalar

Mirzayev Mirzayeva

Manbalar

Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari