Nofi bin Sarjis Abu Abdulloh ad-Daylamiy (), Nofiy Mavlo ibn Umar () nomi bilan tanilgan, Madinada istiqomat qilgan tobein avlodidan boʻlgan fiqh olimi va muhaddis. Abdulloh ibn Umarning shogirdi.

Biografiyasi Nofiy asli Daylam (hozirgi Eronning Gilon viloyatini ham oʻz ichiga olgan hudud)dan boʻlib, musulmonlarning Eronni zabt etishi ortidan asirga olingan va keyinchalik Abdulloh ibn Umar tomonidan ozod qilingan. Nofiy paygʻambar Muhammadning sahobasi boʻlgan. Abdulloh ibn Umar va Abu Said al-Xudriydan din ilmini oʻrgangan.

Nofiy Ibn Shihob az-Zuhriy, Ayyub as-Saxtiyoniy, Molik ibn Anas kabi taniqli olimlarga ustozlik qilgan.

Umar ibn Abdulaziz xalifaligi davrida muftiy boʻlgan va xalifa uni Misr xalqiga islom dinini oʻrgatish uchun yuborgan.

Manbalar

Havolalar Vahb ibn Munabbih Molikiylik

Turkum:Roshidun xalifaligiga tegishli qullar Turkum:Sunniy musulmon ulamolar