Mane Vanyayi Tandilyan (; 1978-yil 3-aprelda tugʻilgan) – arman tarixchisi va siyosatchisi. Armaniston Milliy Assambleyasi aʼzosi. 2018-yil 12-maydan 14-noyabrgacha Armaniston Respublikasining Mehnat va ijtimoiy masalalar boʻyicha vaziri lavozimida ishlagan sobiq hukumat aʼzosi.

Biografiyasi Tandilyan 1978-yil 3-aprelda Alaverdi shahrida dunyoga kelgan. 1999-yilda Armaniston Davlat Pedagogika universitetining tarix fakultetini tamomlagan. Oradan uch yil oʻtib, Armanistondagi Amerika universitetining biznes yoʻnalishini tugatgan va biznes boshqaruvi boʻyicha magistr darajasini olgan. 2005-yilda Xalqaro Yevropa Harakati Armaniston kengashini tashkil etgan va unga rahbarlik qilgan. Turmush qurgan, ikki nafar farzandi bor.

Siyosiy faoliyati Tandilyan 2015-yil 15-dekabrdan boshlab Oydin Armaniston partiyasi aʼzosi hisoblanadi. 2017-yil 22-dekabrda esa partiya Kengashi kotibi lavozimiga saylangan.

2017-yilgi parlament saylovlarida „Chiqish yoʻli“ ittifoqi nomidan Armaniston Milliy Assambleyasining 6-chaqiriq deputati etib saylangan.

2018-yil 11-may kuni, „Zamrung inqilobi“dan soʻng, Tandilyan Armaniston Respublikasining Mehnat va ijtimoiy masalalar boʻyicha vaziri lavozimiga tayinlangan. 2018-yil 12-iyun kuni hukumat tomonidan majburiy jamgʻarma pensiya tizimini joriy etish qaroriga qarshi chiqqan va isteʼfoga chiqishini eʼlon qilgan. Biroq 21-iyun kuni Bosh vazir Nikol Pashinyan uning isteʼfosini qabul qilmagan va Tandilyan oʻz lavozimida ishlashni davom ettirgan.

2018-yil 14-noyabrda Tandilyan 9-dekabrda boʻlib oʻtadigan navbatdan tashqari parlament saylovlarida ishtirok etish maqsadida Mehnat va ijtimoiy masalalar vaziri lavozimidan isteʼfoga chiqqan. Saylovda ishtirok etib, yana Milliy Assambleya deputatligiga saylangan.

Hozirda Mane Tandilyan Country of Living partiyasiga rahbarlik qiladi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:3-aprelda tugʻilganlar Turkum:Siyosatchi ayollar