Zebiniso Rahmonova 1969-yil Samarqand viloyatida tugʻilgan, 1991-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi biolog. Biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
2024-yildan Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati.
MEHNAT FAOLIYATI 1986-1987 yy. — Samarqand tumani „Mehrobod“ MMTP bogʻbon
1987-1991 yy. — Samarqand davlat universiteti talabasi
1992-1996 yy. — Samarqand davlat universiteti magistranti, aspiranti
1996-1997 yy. — Samarqand davlat universiteti zoologiya muzeyi laboranti
1997-1997 yy. — Samarqand davlat universiteti zoologiya muzeyi katta laboranti
1997-2005 yy. — Samarqand davlat universiteti zoologiya kafedrasi assistenti
2005-2008 yy. — Samarqand davlat universiteti zoologiya kafedrasi dotsenti
2008-2011 yy. — Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi dekan muovini
2012-2013 yy. — Samarqand davlat universiteti zoologiya kafedrasi mudiri
2013-2017 yy. — Samarqand davlat universiteti Magistratura boʻlimi mudiri
2017-2018 yy. — Samarqand davlat universiteti oʻquv markazi dekani
2018-2018 yy. — Samarqand shahar hokimining oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi
2018-2020 yy. — Samarqand shahar hokimining oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi
2020-2021 yy. — Samarqand viloyat mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari
2021-2021 yy. — Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti dekani
2021-2022 yy. — Samarqand davlat universitetining yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori
2022 y. — h.v. — Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar masalalari boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi. Manbalar
Turkum:Shaxsiyatlar Turkum:Professorlar