Temuriy Qur’on qoʻlyozmasi, shuningdek, Oq Qoʻyunli Qur’on qoʻlyozmasi, 15-asrda Min sulolasida ishlab chiqarilgan qogʻozga yozilgan temuriylar Qur’on qoʻlyozmasi. 2020-yil 25-iyun kuni Christieʼs kimoshdi savdosida 7 016 250 funt sterlingga sotilgan. Ushbu narx kitobning taxminiy qiymatidan oʻn ikki baravar oshib ketib, oʻsha paytda sotilgan eng qimmat Qur’on qoʻlyozmasi boʻldi.

Tavsifi Qoʻlyozma 22,6 x 15,5 sm oʻlchamdagi 534 ta varaqdan iborat boʻlib, asosan, Xitoyning Min shahrida ishlab chiqarilgan oltin rangli qogʻozlarga tushurilgan. Oq qoʻrgʻoshin bilan qoplangan qogʻoz – yumshoq va ipak kabi tuzilishga ega deb taʼriflanadi. U turli xil pushti, binafsha, qaymoq rang, toʻq sariq, koʻk va feruza rangda boʻlib, ba’zi sahifalarda manzaralar, o‘simliklar va qushlar tasvirlangan. Nasx yozuvi bilan yozilgan boʻlib, sura nomi va juzlar sulus yozuvida ifodalangan.

Munozara Qoʻlyozmaning sotilishi bir nechta olimlar tomonidan qoralandi, ular buni uning tarixiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatini yemiradi, deb baholadilar. Tanqidchilar, shuningdek, uning kelib chiqishi yuzasidan savollar koʻtardilar, chunki Christieʼs tomonidan 1980-yillargacha boʻlgan tafsilotlarning yashirilishi talon-taroj va noqonuniy savdo holatlarini yashirishi mumkinligini aytishdi.

Koʻrgazma

Manbalar

Turkum:Shia tafsiri