Mirzahmad Ismatovich Shaimov (1953-yil 12-yanvar, Shirin shahri, Sirdaryo viloyati, O‘zSSR) – muhandis, senator, energetika faxriysi, O‘zbekiston Qahramoni.
Hayoti Mirzahmad Shaimov 1953-yil 12-yanvarda Sirdaryo viloyati Shirin shahrida tug‘ilgan. U yashaydigan qishloq Farhod GESiga yaqin joyda, Toshkent-Andijon temiryo‘li bo‘yida edi. Mirzahmad Toshkent politexnika institutini (hozirgi Toshkent texnika universiteti) tamomlagach, 1975-yilda mehnat faoliyatini Farhod GESida muhandsilikdan boshlagan. Ayni vaqtda, Yangiyer texnikumida o‘qituvchilik ham qilgan.
1976-yilda Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasining texnologiya jarayonlarini avtomatlashtirish sexiga oddiy ishchi, ya’ni elektr chilangar bo‘lib ishga kiradi. 2008-yilda Mirzahmad Shaimovga stansiyaning bosh muhandislgi topshirildi. 2013-yil esa Bosh direktor vazifasiga tayinlandi.
Mukofotlari 2012-yilda Mirzahmad Shaimovga O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti farmoni bilan “Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish sohasidagi uzoq yillik fidokorona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida tarbiyalashga qoʻshgan katta hissasi uchun” “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandiO‘zbekiston Respublikasi prezidentining “O‘zbekiston Qahramoni” unvonini berish to‘g‘risida” 23.08.2012-yildagi PF-4466-son farmoni.
2022-yil 18-martda Shirin shahri yoshlari bilan uchrashuvda Mirzahmad Shaimov mehnat faoliyati davomida “O‘zbekiston energetika faxriysi”, “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishoniga loyiq ko‘rilganini aytgan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston qahramonlari Turkum:Energetika muhandisi Turkum:Sirdaryo viloyatida tugʻilganlar