Alma Adamkienė (qizlik familiyasi Nutautaitė; 1927-yil 10-fevralda tugʻilgan – 2023-yil 21-may) – litvalik filolog va filantrop. Litvaning sobiq prezidenti Valdas Adamkusning rafiqasi boʻlgan va 1998–2003 hamda 2004–2009-yillarda mamlakatning Birinchi xonimi boʻlgan. Shuningdek, Adamkienė AQSh fuqaroligini ham olgan.
Yoshlik yillari Adamkienė 1928-yil 10-fevralda Litvaning Shyaulyay shahrida dunyoga kelgan. Uning otasi Stasys Nutautas tadbirkorlik bilan shugʻullangan, onasi Ona Soblyte-Nutautienė eriga turli tijorat ishlarida yordam bergan. 1944-yilda Sovet Armiyasi Litvaga qaytib kelganda Alma Nutautaitė oilasi bilan Gʻarbga qochib ketgan. Oʻrta maktabni Germaniyada tamomlagan, keyinroq Nyurnbergdagi Erlangen universitetida filologiya boʻyicha tahsil olgan.
Qoʻshma Shtatlardagi hayoti Alma Nutautaitė 1949-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlarga emigratsiya qilgan. Dastlab poʻlat zavodida laborant boʻlib, keyinchalik sugʻurta kompaniyasida ishlagan. U, shuningdek, litvalik muhojirlar faoliyatini tashkil etgan va ularda faol ishtirok etgan. Nutautaitė 1951-yilda Valdas Adamkusga turmushga chiqqan va erining familiyasini olgan (Amerikada Alma Adamkus nomi bilan tanilgan).
Birinchi xonim 1997-yilda Litvada boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida Valdas Adamkus prezidentlik uchun saylovoldi tashviqotini olib borgan va gʻalaba qozongan. Adamkus prezident boʻlgandan soʻng Adamkiene Litvada bolalar farovonligiga qaratilgan turli ijtimoiy dasturlarda ishtirok etgan. 1999-yilda „Alma Adamkienė xayriya va koʻmak fondi“ni tashkil etgan.
Alma Adamkienė fondi 1999-yil 17-martda bolalarga yordam ko‘rsatish maqsadida Alma Adamkienė xayriya fondi tashkil etilgan. 1999–2003-yillar oralig‘ida fond 2,5 million litdan ortiq mablag‘ va 2,3 million lit qiymatidagi moddiy boyliklarni to‘plagan hamda 35 ta qishloq maktablari, kam ta’minlangan oilalarning bolalari, Kaunas Tibbiyot universitetining bolalar klinikasi va Vilnyusdagi “Santariškės” bolalar shifoxonasiga taqsimlagan.
Shaxsiy hayoti va oʻlimi Adamkienė farzand koʻrmagan. 2023-yil 21-mayda Vilnyusda 96 yoshida insultdan vafot etgan.
Manbalar
Havolalar
Alma Adamkienė xayriya va qoʻllab-quvvatlash fondi
Turkum:1-darajali Knyaz Yaroslav Mudriy ordeni sohiblari Turkum:1927-yilda tugʻilganlar Turkum:10-fevralda tugʻilganlar Turkum:Litvada tugʻilganlar Turkum:2023-yilda vafot etganlar Turkum:21-mayda vafot etganlar Turkum:Litvada vafot etganlar