Leyla Alasgar gizi Mammadbeyova, qizlik familiyasi ZeynalovaConquering the Skies. Baku Magazine, #2 (22), March–April 2011; p. 72. (; 1909-yil 17-sentyabrda tugʻilgan – 1989-yil 4-iyulda vafot etgan), ozarbayjonlik birinchi aviator ayol The Proprietress of the Sky by I.Gadirova. Nash Vek. 7 May 2004. Retrieved 6 June 2007. Shuningdek, Kavkazorti, Janubiy Yevropa va Gʻarbiy Osiyodagi birinchi uchuvchi ayol boʻlganThe Living Age… by Eliakim Littell and Robert S. Littell. Making of America Project. Littell, Son & Company, 1934; p. 226-27.
Karyerasi Mammadbeyovaning otasi Alasgar Zeynalov Ozarbayjonning kinematografiya sohasidagi ilgʻor aktyorlaridan biri Guseyn Arablinskiyning amakivachchasi ediConquering the Skies. Baku Magazine, #2 (22), March–April 2011; p. 72.. Uning oilasi sanʼatga oshno boʻlgan, shu sababli Mammadboyeva ham oʻsmirligida piano va tor chalishni oʻrgangan. 14 yoshida kurdaxanilik sobiq yer egasi Bahrom Mammadbeyovga turmushga chiqqan. Turmush oʻrtogʻi keyinchalik Bokudagi Kasaba uyushmalari banki boshligʻi lavozimiga koʻtarilgan.
Mammadbeyova Boku aviaklubida professional uchuvchi sifatida tayyorgarlikdan oʻtgan. 1931-yilda ilk marta parvoz qilgan. 1932-yilda Moskvadagi uchuvchilar maktabida tahsilini davom ettirgan. 1933-yil 17-mart kuni Mammadbeyova Moskvadagi Tushino aerodromida Polikarpov Po-2 samolyotidan parashyutda sakrab, Sovet Ittifoqida Nina Kamnevadan keyin ikkinchi ayol parashyutchiga aylangan. 1934-yilda Mammedbeyova Kavkazorti xalqlari vakillari oʻrtasida oʻtkazilgan parashyutdan sakrash boʻyicha musobaqada gʻolib chiqqan. 1941-yilga kelib esa Sovet armiyasida eskadron qoʻmondoni lavozimiga tayinlangan The Proprietress of the Sky by I.Gadirova. Nash Vek. 7 May 2004. Retrieved 6 June 2007.
Mammadbeyova Boku aviaklubida uchuvchi va instruktor sifatida faoliyatini davom ettirgan. Ikkinchi jahon urushida ishtirok etish uchun unga ruxsat berilmagan, chunki oʻsha paytda Mammedbeyova toʻrt nafar farzandini tarbiyalayotgan edi (olti farzandning onasi boʻlgan). Urush sharoiti tufayli Boku aviaklubi yopilganiga qaramay, Mammadbeyova mustaqil tarzda planyor va parashyutdan saktrash boʻyicha kurslar tashkil etgan. Ushbu kurslarda yuzlab jangchi uchuvchilar hamda taxminan 4 000 nafar parashyutchini tayyorlagan. Uning ikki nafar shogirdi keyinchalik Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan. Mammadbeyova oʻzining 1949-yilda soʻnggi parvozini amalga oshirgan va 1961-yilga qadar DOSAAFning (Mudofaa, aviatsiya va flotka koʻmaklashuvchi ixtiyoriy jamiyati) Boku boʻlimida rais oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan The Proprietress of the Sky by I.Gadirova. Nash Vek. 7 May 2004. Retrieved 6 June 2007.
Mammadbeyovaning katta oʻgʻli Firudin Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan, kenja oʻgʻli Xonlar esa Birinchi Togʻli Qorabogʻ urushida uchuvchi sifatida qatnashgan.
Manbalar
Havolalar İsmət kino onlayn
Turkum:1909-yilda tugʻilganlar Turkum:17-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:1989-yilda vafot etganlar Turkum:4-iyulda vafot etganlar Turkum:Bokuda tugʻilganlar Turkum:Uchuvchilar Turkum:Uchuvchi ayollar