Abu Hamza Anas ibn Molik an-Najjoriy al-Xazrajiy (; 612-yil – 712-yilFinding the Truth in Judging the Companions, 1. 84-5; EI2, 1. 482 A. J. Wensinck J. Robson) — Muhammad paygʻambarning sahobalaridan biri.
Hayoti right|thumb| Iroqning Basra shahridagi Anas ibn Molik qabri Yasribning Xazraj qabilasining Najjor urugʻidan boʻlgan Anas ibn Molik Muhammad paygʻambar hijratdan oʻn yil oldin 612-yilda tugʻilganhttp://www.ihsan.kz/ru/articles/view/8323. Anasning onasi Ummu Sulaym binti Milhon islomni erta qabul qilgan. Shu sababli, Ummu eri bilan janjallashdi va eri Molik ibn Nadr uni imondan qaytarishga urinib koʻrdi. Keyin eri Suriyaga ketdi va oradan biroz vaqt oʻtib vafot etdi. Musulmon boʻlmagan holda erining vafotidan keyin Ummu Sulaym yangi musulmon boʻlgan Abu Talha ibn Sobitga turmushga chiqdi. Anasning bu nikohdan oʻgay ukasi Abdulloh ibn Abu Talha edi.
622-yilda Muhammad paygʻambar Madinaga hijrat paytida Anas ibn Molik atigi 10 yoshda ediFinding the Truth in Judging the Companions, 1. 84-5; EI2, 1. 482 A. J. Wensinck J. Robson. Ummu Sulaym o‘g‘lini Payg‘ambarning huzurlariga olib kelib, Anasni xizmatkor qilib taklif qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xizmatkorga muhtoj bo‘lmasalar ham, Ummu Sulaymni rad etishlari bilan xafa qilishni istamay, Anasni uyiga qabul qilib, unga o‘z o‘g‘lidek muomala qildilar. Anas Muhammad payg‘ambarga xizmat qilib, uning barcha buyruqlarini puxtalik bilan bajarardi va undan din asoslarini o‘rgandihttp://www.ihsan.kz/ru/articles/view/8323.
Anas yoshligidan musulmonlarning dastlabki janglarida bevosita qatnashmagan. Lekin Anas Badr jangida musulmon askarlariga xizmat qilgan. Voyaga yetgach, Xaybar va Hunayn janglarida qatnashadi. Bundan tashqari, Makkani fath qilish va Toifni qamal qilishda ham qatnashgan.
632 yilda paygʻambar vafotidan keyin Anas janglarda qatnashdiFinding the Truth in Judging the Companions, 1. 84-5; EI2, 1. 482 A. J. Wensinck J. Robson. U zot Paygʻambar alayhissalomning koʻzga koʻringan sahobalarining oxirgisi boʻlganCanan, İbrahım (1995). ENES b. MÂLİK - An article published in the 11th volume of Turkish Encyclopedia of Islam (in Turkish). Vol. 11. Istanbul: TDV İslâm Ansiklopedisi. pp. 234–235. ISBN 978-97-53-89438-8. Retrieved 15 January 2022. Turkum:CS1 Turkish-language sources (tr).
Biroz vaqt oʻtgach, Anas ibn Molik Basraga koʻchib oʻtdi va u yerda shahar aholisiga islom dini va qonuni asoslarini oʻrgatdi. U forslarga qarshi bosqinchilik urushlarida qatnashgan va Tushtar shahrini egallagan musulmon qoʻshinlari tarkibida boʻlganhttp://www.ihsan.kz/ru/articles/view/8323.
Uchinchi xalifa Usmon davrida Anas Basrada muallimlik faoliyatini davom ettirdi. Fuqarolar urushi paytida u hech bir tarafga qoʻshilmagan. Anas ibn Molik jamiyatdagi zulm va adolatsizlikka hech qachon chidamagan va Umaviylarning Iroq hokimi al-Hajjoj zulmiga ochiq qarshilik ko‘rsatishdan qo‘rqmagan.
Anas ibn Molikning shogirdlari orasida Hasan al-Basriy, Sulaymon Tamriy, Qatoda ibn Diam, Muhammad ibn Sirin, Said ibn Jubayr va boshqalar kabi mashhur tobeinlar bor edihttp://www.ihsan.kz/ru/articles/view/8323.
Anas ibn Molik hijriy 93 (milodiy 712)-yil BasradaT. P. Hughes, 1885/1999, Dictionary of Islam, New Delhi: Rupa & Co. 103 (qamariy) yoshda vafot etgan.
Ziyoratgoh Anas ibn Molik ziyoratgohi Iroqning Basra shahrida joylashgan. Anas ibn Molikning qabri oddiy xonaqohdir. Biroq ziyoratgoh portlovchi qurilmalar bilan vayron qilingan. Masjid va ziyoratgoh jiddiy shikastlangan va devorlari vandalizm bilan boʻyalgan boʻlsa-da, majmua haligacha sunniy musulmonlar tashrif buyuradigan mashhur joy boʻlib qolmoqda.
Yana qarang
Sahoba Anas ibn Nazor
Manbalar
Havolalar
Turkum:Ansoriylar Turkum:709-yilda vafot etganlar Turkum:612-yilda tugʻilganlar Turkum:Sahobalar Turkum:Sahoba hadis roviylari