Muyassar ( — osonlik bilan yuzaga chiqqan, hosil boʻlgan; muvaffaqiyatli; yaxshi natijali) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan xotin-qizlar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Muyassar Berdiqulova — oʻzbekistonlik aktrisa; Muyassar Razzoqova — xonanda (lirikkoloraturali soprano), Oʻzbekiston (1998), Qoraqalpogʻiston (1999) xalq artisti; Muyassar Temirova — atoqli oʻzbek zardoʻzi, Oʻzbekiston qahramoni. Buxoro zardoʻzlik maktabi namoyondalaridan biri. Oʻzbekiston SSR xalq rassomi (1972).

Manbalar

Turkum:Oʻzbekcha ayollar ismlari