}} Abu Muhammad al-Hasan ibn al-Hasan ibn Ali al-Hoshimiy (, taxallusi Hasan al-Muthanna; ) islom ulamosi va ilohiyotshunos. Hasan ibn Ali va Xavla bintu Manzurning farzandi. Toʻrtinchi xalifa Alining () nabirasi va islom paygʻambari Muhammadning evarasi boʻlgan.

Al-Hasan ibn al-Hasan Umaviy xalifa al-Volid I bilan zamondosh boʻlgan.

Hayoti Hasan -yil Madinada tugʻilgan. Otasi Hasan ibn Ali islom paygʻambari Muhammadning nabirasi boʻlib, 661-yilda qisqa muddat xalifalik qilganHasan Muthana ghadeer.org Retrieved 11 Oct 2018The daughter of Imam Hussain islamicblessings.com Retrieved 11 Oct 2018. Hasanning onasi Xavla bintu Manzur Banu Fazora yetakchisi Manzur ibn Zabanning qizi boʻlganThe marriage of Hasan al-Muthanna mehrnews.com Retrieved 11 Oct 2018.

Hasan ibn Musanno Karbalo jangida ishtirok etgan. Ahmad ibn Ibrohim Hasaniy haqida Abu Mihnafdan kelgan rivoyatga koʻra, oʻsha paytda Hasanning yoshi oʻn toʻqqiz yoki yigirmada boʻlganṬabarī, Tārīkh al-umam, vol. 5, p. 469..

Al-Hasan Ashuro kunidaHasan Muthana ghadeer.orgThe daughter of Imam Hussain islamicblessings.com Imom Husayn yonida jang qilib, yaralangan va asir olingan. Hasanni togʻasi Asmo ibn Xorija Fazoriy qutqarib qolgan. Kufada davolanib, tuzalgach, Madinaga qaytganḤasanī, al-Maṣābih, p. 379; Mufīd, al-Irshād, vol. 2, p. 25..

Rivoyatlarga koʻra, Hasan ibn Hasanning amakisi Husayn ibn Ali unga oʻzining ikki qizidan birini, Sukayna yoki Fotimani, xotinlikka tanlash imkoniyatini bergan ekan. Hasan juda uyalib, buvisi Fotimai Zahroga oʻxshagani uchun Fotimani tanlashga qaror qilganThe issue of Hasan al-Muthannaʼs marriage to Imam Hussainʼs daughter mehrnews.com Retrieved 11 Oct 2018.

Xalifa al-Volid maktublar orqali al-Hasan ibn Hasan bilan yozishmalar olib borgan.

Bolalari Sayyid ibn Tovus Hasan ibn Hasan va Imom Hasanning ayrim farzandlari fazilati va oliyjanobligi haqida shunday yozadi: „Bu shunday zotlarki, ularning yuksak maqomi va fazilatlarini barcha musulmonlar eʼtirof etganlar“.

Imom Rizodan rivoyat qilingan Imom Hasan va Imom Husayn avlodlarining davom etishi haqidagi rivoyatning bir qismiga koʻra, Hasan al-Musanno koʻp farzand koʻrgan va Imom Hasanning avlodlari Hasan va Zayd ismli yana bir ukasi orqali davom etgan deb taxmin qilinadi. Zaydning Hasan ismli oʻgʻli bor edi. Bundan tashqari, Hasan al-Musannoning Fotima bintu Husayndan Abdulloh al-Mahd, Ibrohim al-Gʻamr va Hasan al-Musallas ismli oʻgʻillari, Ummu al-Valaddan Jaʼfar va Dovud, Ramla bintu Said ibn Zayddan Muhammad tugʻilgan. Ular Imom Hasanning uchinchi avlodini davom ettirganlar.

Nasab jihatidan ustun boʻlishsa-da, Hasanning avlodlari (zaydiylar va Yaman imomlari mustasno) imomlik uchun jiddiy daʼvo qila olishmadi. Qolaversa, keyinchalik koʻpchilik sunniylikka oʻtdi. Banu Qatoda va Hoshimiylar sulolasi oʻzlarini Hasandan kelib chiqqan deb hisoblaydilar.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Karbalo jangi Turkum:Muhammad oilasi Turkum:7-asr arablari Turkum:Xalifalarning oʻgʻillari