Neʼmat ( — baxtli, farovon hayot; inʼom, hadya) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Taniqli shaxslar
Neʼmat Aminov — hajvchi yozuvchi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1992); Neʼmat Arslon — oʻzbek adibi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi; Neʼmat Ibrohimov — yogʻoch oʻymakori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969); Neʼmat Qoʻshoqov — sovet va qirgʻiz futbolchisi; Neʼmat Qoʻziboyev — rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi akademik (1997), Oʻzbekiston xalq rassomi (1970); Neʼmat Shomurodov — oʻzbekistonlik rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1980); Neʼmatjon Hakimov — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, katta serjant. 1943-yil sentabrdan frontda xizmat qilgan. 8-otliq diviziyasining 115-otliq askarlar polkida vzvod komandiri yordamchisi boʻlgan; Neʼmatjon Ibragimov — oʻzbekistonlik yurist va davlat arbobi. 1983—1985-yillarda OʻzSSR ichki ishlar vaziri boʻlgan; Neʼmatjon Matboboyev — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1999).
Familiyalar
Neʼmatov Neʼmatova
Manbalar
Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari