Muhammad ibn al-Qosim (), shuningdek, Sohib at-Taliqan, Afgʻonistonning shimoli-sharqida joylashgan Taliqonda Abbosiylar xalifaligiga qarshi Zaydiylar qoʻzgʻoloniga boshchilik qilgan Aliylardan biri.

Toʻliq ismi Muhammad ibn al-Qosim ibn Ali ibn Umar al-Ashraf ibn Ali Zayn al-Obidin ibn al-Husayn ibn Ali ibn Abi Tolib boʻlgan.

Ibn al-Qosim hijriy 219-yilda (milodiy 834) al-Mutasim davrida hozirgi Afgʻonistonning shimoli-sharqiy qismida joylashgan Taliqonda qoʻzgʻolon koʻtarganMaqatil al-Talibiyyin, by Abu al-Faraj al-Isfahani, p. 577. Ammo xalifa al-Mu’tasim uni magʻlub etib, hibsga olgan va Bagʻdodga olib ketib, oʻz saroyida ushlab turgan.

Oradan koʻp oʻtmay, Muhammad qochishga muvaffaq boʻlgan. Shundan keyin u haqida hech qanday maʼlumotlar mavjud emasAl-Farq bayn al-Firaq, by Al-Isfirayini, p. 31. Baʼzilar uni oʻlgan yoki qochib ketgan deb hisoblasa, baʼzi shialik mazhabiga eʼtiqod qiluvchilar uning tirikligiga, qaytib kelishiga va Mahdiy ekaniga ishongan.

Yana qarang

Odam Soʻfiy

Havolalar

„Maqotil at-Tolibiyyin“, Abu al-Faraj al-Isfahoniy, s. 577

Turkum:9-asr arab shaxslari Turkum:Husayniylar Turkum:Oʻlgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Abbosiylar xalifaligining asirlari va mahbuslari